Redmi Pro 2: Xiaomi'ning yangi "hamyonbopi"ni qarshi olamiz

Redmi Pro 2: Xiaomi'ning yangi

Yangi smartfon modellarni taqdim qilishda joriy yildagi mutloq peshqadam Xiaomi hozircha bu mavsumga tayyor qilgan barcha mobil aloqa vositalarini namoyish etib ulgurgani yo‘q. Shu kunlarda Redmi smartfonlar oilasida yangilik bo‘lishi kutilmoqda. Xiaomi keyingi oyda smartfon bozoriga hamyonbop Xiaomi Redmi Pro 2 devaysini olib kirish rejasida.

Snapdragon 660, ya’ni yaqindagina taqdim qilingan Xiaomi Mi Note 3 "aqlli telefon"iga o‘rnatilgan platforma kutilayotgan gadjetning bosh o‘ziga xosligi bo‘ladi.

Va’da qilinishicha, metall korpusli Redmi Pro 2 ham muhandislik, ham dizaynerlik yutuqlariga boy bo‘ladi, aniqrog‘i — romsiz displey bilan ta’minlanadi.

Smartfondagi 6 dyuymli ekran matritsasining tomonlar nisbati ham bugungi talab asosida 18:9 sm.ga teng bo‘ladi.

Xiaomi Redmi Pro 2'ga 4 Gb "operativ" va 64/128 Gb doimiy xotira, 8 Mp old kamera, 4000 mA soat tok sig‘imiga hamda tezkor quvvat olish texnologisiga ega akkumulyator o‘rnatiladi.

Albatta, qo‘sh sensorli oosh kamera endi arzon smartfonlar uchun ham odatiy texnologik yechim! Har biri 12 megapikselli sensorlar kuchli mobil fotografiya imkoniyatlarini namoyish qiladi.

Yana bir ahamiyatli jihati Xiaomi bu qiziqarli gadjet uchun $150 dollar so‘rash rejasida. Bu narx bilan Xiaomi Redmi Pro 2'ning bozorda tez ommalashuviga shubha yo‘q.