RedmiBook 13 taqdim etildi – 600 dollarlik romsiz noutbuk!

  •   DiMaX
  •  1361
  •  10.12.2019 13:09

RedmiBook 13 taqdim etildi – 600 dollarlik romsiz noutbuk!

Xiaomi kompaniyasi bugun Xitoyda yirik taqdimot tadbirini o‘tkazmoqda; uning doirasida boyagina RedmiBook 13 laptopi namoyish etildi. Garchi dizayni 16 dyuymlik MacBook Pro bilan o‘xshash bo‘lsa-da, o‘lchamlariga ko‘ra u MacBook Air (sotib olish) bilan raqobatlashadi.

O‘QING: Endi har qanday smartfonni atigi 150 dollar evaziga noutbukka aylantirish mumkin! (+video)

Mazkur noutbuk diagonaliga 13,3 dyuymlik Full HD+ displeyga ega. Ekran atrofi barcha tomonlardan yupqa romlarga ega bo‘lib, yuzaning 89 foizini egallaydi.

RedmiBook 13 vazni taxminan 1,23 kilogramm keladi, akkumulyatorining to‘la quvvati bilan u 11 soatgacha avtonom ishlay oladi. Batareyasi tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega va taxminan 35 daqiqada yarmigacha to‘ladi.

Noutbukning ishlash samaradorligini oshirish maqsadida unda 6 millimetrlik ikkita naycha orqali sovitish tizimi joriy etilgan.

O‘QING: Apple quvvati bir oyga yetuvchi «dunyodagi eng zo‘r professional noutbuk»ni taqdim etdi!

Xiaomi’ning ta’kidlashicha, bu portativ kompyuterning kattaligi A4 formatidagi qog‘oz yuzasining 96 foiziga tengdir.

RedmiBook 13 apparat ta’minoti asosida o‘ninchi avlod Intel Core protsessori yotadi. Tezkor xotirasi 8 gigabayt, doimiy xotira sifatida esa 512 gigabaytlik SSD-saqlagich o‘rnatilgan. Grafikani yanada yaxshilash maqsadida NVIDIA GeForce MX250 tezlatgichi ham qo‘shilgan – u 2 gigabaytlik GDDR5 xotiraga ega.

Noutbukda Microsoft Windows 10 Home operatsion tizimi qo‘llangan. Uning Core i5 protsessorli boshlang‘ich versiyasi narxi taxminan 600 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Core i7 chipsetli ilg‘or varianti uchun esa ishlab chiqaruvchi 740 dollar so‘rayapti.

O‘QING: Aldanib qolmang: noutbukni ochmasdan batareyasini tekshirish usullari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.