Rekordchi smartfon: atigi 170 dollarlik, lekin quvvati 10 kunga yetadi! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  3371
  •  24.10.2019 13:13

Rekordchi smartfon: atigi 170 dollarlik, lekin quvvati 10 kunga yetadi! (+«jonli» video)

Zamonaviy mobil gadjetlarning muhim xususiyatlaridan biri ularning avtonomligi – akkumulyatorining quvvati uzoq vaqtga yetishidir. Buni ta’minlash uchun smartfonsozlar odatda o‘z qurilmalariga sig‘imdor batareyalar o‘rnatishadi, tizimni optimizatsiya qilishadi va hokazo.

O‘QING: Akkumulyator avtonomligi: Apple iPhone 11 Pro Max vs Galaxy Note10+. Bu safar qaysi biri yutdi?

Hisense esa o‘zining navbatdagi smartfonida sig‘imi katta akkumulyatordan tashqari, o‘zgacha texnologiya asosidagi ekran yordamida ham avtonomlikni oshirgan. Hisense A5 rusumli ushbu devays elektron qog‘oz asosidagi – E-Ink ekran bilan jihozlangan. Displeyning o‘lchami diagonaliga 5,84 dyuymni, tasvir aniqligi esa 1440x720 pikselni tashkil etadi.

E-Ink displey – faqat monoxrom (oq-qora) tasvirlay oluvchi ekran bo‘lib, boshqa ranglarni ham oppoqdan qop-qoragacha – kul rangning har xil tuslari orqali ifodalaydi. Uning afzalliklaridan biri – ko‘zga zarar yetkazmasligi bo‘lsa, yana biri – faqat tasvir o‘zgarganidagina quvvat talab etishidir. Shu boisdan, kompaniyaning ta’kidlashicha, 4000 mA/soatlik akkumulyatori bilan Hisense A5 rekord darajada – o‘n kungacha quvvatlash talab etmasdan ishlay oladi!

O‘QING: Xiaomi bitta quvvat bilan 100 kungacha ishlovchi «aqlli» gadjetini taqdim etdi!

Boshqa xususiyatlariga kelsak, Hisense A5 bosh kamerasi 13, selfi-kamerasi esa 5 megapiksellik datchiklarga ega. Qualcomm Snapdragon 439 platformali smartfonning tezkor xotirasi 4 gigabaytlik.

Mana, Hisense A5 smartfonini «jonli» videoda ko‘ramiz:

Hisense A5 vazni 158 gramm keladi, unga Android 9 Pie talqinidagi operatsion tizim o‘rnatilgan. Xaridorlarga uni 32 hamda 64 gigabaytlik ichki xotiraga ega variantlarda taklif etishadi, narxi esa atigi 170 dollardan boshlanadi.

O‘QING: Yarim yil kutilgan smartfon aytilganidan naq ming dollarga qimmat narxda sotuvga chiqyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!