«Revolver» kamerali Nokia 9 PureView hamda «teshik» ekranli ilk smartfonining namoyish kunini HMD Global rasman ma’lum qildi

  •   DiMaX
  •  699
  •  28.01.2019 14:40

«Revolver» kamerali Nokia 9 PureView hamda «teshik» ekranli ilk smartfonining namoyish kunini HMD Global rasman ma’lum qildi

HMD Global kompaniyasi o‘zining uzoq kutilgan flagmanini Mobile World Congress 2019 ko‘rgazmasida namoyish etishi taxmin qilinayotgan edi. Bugun shuning rasmiy isboti bilan birga, old kamerasi displeydagi «tirqish»ga joylangan birinchi Nokia smartfoni taqdimoti ham e’lon qilindi.

O‘QING: Nokia 8.1 Plus – kompaniyaning ilk «teshik» ekranli smartfoni video va suratlarda

HMD Global kompaniyasi bugun internetda tarqalgan ikkita taklifnoma posteri bilan o‘zining MWC 2019 tadbiridagi ishtirokini rasman tasdiqladi. Ulardan birida bizga yaxshi tanish bo‘lgan «revolver» kamera aks ettirilgan:

Bilamizki, ushbu penta-kamera Nokia 9 PureView modelining asosiy o‘ziga xosligi hisoblanadi. Taklifnomadagi yozuvga ko‘ra, uni 24 fevralda ommaga rasman ko‘rsatishadi.

O‘QING: VIDEO: Nokia 9 PureView smartfoni ilk rasmiy reklama roligida!

Ikkinchi poster bo‘lsa Nokia brendining «teshik» displeyli ilk modeliga ishora qilayotir:

MWC 2019 doirasida, 25-28 fevral oralig‘ida taqdim etiladigan ushbu smartfon Nokia 8.1 Plus yoki Nokia 6.2 (2019) modeli bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bu borada hozircha aniq ma’lumot yo‘q, yangilik bo‘lishi bilan xabar qilamiz – bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Terashop.uz’da yangilik: Sony, Philips, HTC va Nokia telefonlarining narxlari (2019 yil 21 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkaziladi!