Robotlar shahri paydo bo‘ladi

  •   Saroy
  •  2085
  •  06.08.2018 11:37

Robotlar shahri paydo bo‘ladi

 

Saudiya Arabistonida kelajak shahrining rejasi taqdim etildi. Neom (Neom), deb nom berilgan ushbu shaharda olimlarning fikricha,  odamlardan ko‘ra robotlar ko‘proq bo‘ladi.

Avtomobillar va shahar transportlari faqat avtopilotda bo‘ladi, robot-politsiyachilar, robot-vrachlar, avtomatik tarzda quyosh va shamol energiyasi bilan ta’minlanadi. Neom shahrining maydoni 26 ming kv. km, loyihaning narxi — taxminan 500 mlrd dollar. Bu  «fantastika»ning barchasi mamlakatni 2030 yilgacha rivojlantirish va isloh qilish «2030 yilgacha istiqbol» («Saudi Arabia Vision 2030») rejasiga kiritilgan va qurilishning birinchi bosqichi  2025 yilda yakunlanadi.

O‘QING:Amazon boshladi: endi navbat top menejerlarga

Neom  Qizil dengizning kimsasiz sohillari bo‘ylab qad rostlaydi. U Misrning mashhur kurorti Sharm-el-Sheyxning shundoq qarama-qarshi sohilida bunyod bo‘ladi va to Iordaniya chegaralarigacha cho‘zilib boradi. Ulkan Neomning maydoni Moskva egallagan joydan qariyb o‘n barobar katta bo‘ladi va lekin bu hali rekord emas. Chunki Xitoyning  Chunsin shahrining maydoni 82 ming. kv. km.

Futuristik Neom qayta ishlanadigan energiya bilan to‘liq ta’minlanadi. Shaharda asosan quyosh va shamol elektrostansiyalar va zaxiradagi akkumulyatorli batareyalar elektr energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiyotining asosiy sektori robotaxnikalar, energetika, biotexnologiya, oziq-ovqat sanoati, axborot texnologiyasi. Shuningdek, turli ko‘ngilochar maskanlar, dam olish, sayohat sohalari ham shahar iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismidan joy oladi.

O‘QING:Sberbank xodimlarning bir qismini robotlar bilan almashtirmoqchi

«Nol»dan bunyod bo‘ladigan Neom avval boshdan innovatsiyaviy texnologiyaga mo‘ljallanib, ko‘p miqdorda robotlashtirilgan avtotexnikaga moslashtiriladi. Shaharning butun infratuzilmasi tekin transportlarga tayanadi. Neom robotlar soni insonlar sonidan ko‘p bo‘lgan dunyodagi birinchi shahar bo‘ladi.

Yangi shahar uchun, uning barcha o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda, yangi qonunlar joriy qilinadi, ya’ni xorijliklarga do‘stona munosabatda bo‘linadi.  Neom nafaqat yashash va dam olish uchun, balki innovatsiyaviy texnologiyalar va mahsulotlar yaratuvchi ijodiy tadqiqotchilar va konstruktorlar uchun ham sevimli maskanga aylanadi.

So‘nggi paytda Saudiya podshohligi mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish uchun dunyoning to‘rt tomonidan sarmoyadorlarni mamlakatga chorlamoqda. Saudiya Arabistoni podshohligi merosxo‘ri, shahzoda  Muxammad ibn Salmon Neom shahri qurilishi rejasini amalga oshirib, podshohlikni XXI asrning ilg‘or texnologik davlatiga aylantirmoqchi. Kelajak shahriga jalb qilinadigan investitsiyalardan tashqari, Saudiya Arabistoni mustaqil fondi (PIF) joriy etiladi. Loyihaga rahbar etib avval Simens va Alcoa kabi yirik firmalarda bosh direktor bo‘lib ishlagan mutaxassis Klaus Klyaynfeld tayinlandi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!