Romsiz Lenovo Z5 smartfoni: orqa korpusi shishali bo‘ladi

  •   Saroy
  •  1743
  •  31.05.2018 12:27

Romsiz Lenovo Z5 smartfoni: orqa korpusi shishali bo‘ladi

Yaqinda Lenovo kompaniyasi rasmiy vakili romsiz Lenovo Z5 smartfoni 5 iyunda namoyish etilishini ma’lum qilgandi. Kuni kecha esa, devaysning orqa qismi surati ko‘rsatildi.

O‘QING: Lenovo Z5 flagmani hatto quvvati 0 foizga tushganda ham ishlaydi

Afsuski, tasvirda orqa panel to‘laligicha ko‘rsatilmagan. Shunga qaramay,  smartfonning orqa korpusi shishali, romi metaldan ishlangan qirralari qayrilgan bo‘lishi ko‘rinib turibdi. Shuningdek, maxsus tovlanib turuvchi rang berilgan (Huawei P20 Pro’dagi Twilight rangini eslatadi)

Qurilma  tomonlar nisbati 18 ga 9 bo‘lgan, ekranning qariyb, 95 foizini egallagan romsiz displey bilan jihozlanishi ma’lum. Shuningdek, unga 4 TB ichki fleshka hamda qo‘sh kamera, sun’y ong  funksiyasi va kutish rejimida 45 kungacha ishlaydigan batareya  o‘rnatilgan. Yana bir ustunligi: smartfon quvvati 0 foiz bo‘lib qolganda ham o‘chib qolmaydi. Hozircha smartfon yangi Snapdragon 845 chipi  va  6/8 GB OZU  bilan jihozlanishi haqida aytilmoqda.

O‘QING: Lenovo Z5 smartfoni kutish rejimida 45 kun ishlashi mumkin