Roskomnadzor Facebook Rossiyada qachon bloklanishini aytdi

Roskomnadzor Facebook Rossiyada qachon bloklanishini aytdi

Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmati (Roskomnadzor) shu kunlarda Rossiya hududida Telegram xizmatining bloklanishi bilan bog‘liq mojarolar ortidan juda mashhur bo‘lib ketdi. Bugun bu tashkilotning yangi xabari rossiyaliklarni yana bir bor diqqatini tortdi. Bu to‘g‘rida Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar tarqatmoqdalar.

Unda qayd etilishicha, Roskomnadzor 2018 yilning oxirigacha Facebook tarmog‘ining mamlakatdagi faoliyatini, uning Rossiya qonunlariga qanchalik muvofiq faoliyat ko‘rsatayotganini tekshirib ko‘radi. Ana shu tahlillardan so‘ng Facebook ijtimoiy tarmog‘ini Rossiyada cheklash masalasi ko‘tariladi. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, Facebook o‘zining rossiyalik foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini hukumatga taqdim etishi kerak.

Biz 2018 yilning so‘nggiga qadar kompaniyaning Rossiyadagi faoliyatini tekshiramiz. Kompaniya amalga oshirish lozim bo‘lgan bir nechta shartlarimiz bor. Jumladan, ijtimoiy tarmoqning Rossiya hududidagi foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini taqdim qilish, shuningdek taqiqlangan ma’lumotlarni tarmoqdan o‘chirib tashlash. Afsuski, hozircha bu vazifalarni bajarish muddati o‘tib bormoqda va ular kechiktirilmoqda», — ma’lum qildi Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarov.

O‘qing: Amerika xitoylik IT-gigantlardan biriga sanksiya qo‘lladi

«Agar bizning talablarimiz qondirilmaydigan bo‘lsa yoki Rossiya hukumati bu borada Facebook amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlardan boxabar qilinmaydigan bo‘lsa, unda uni mamlakatda bloklash masalasi ko‘tariladi», — qo‘shimcha qildi u.

Jarov, shuningdek, Facebook vakillari bilan yarim yilda bir marta uchrashishini ham ma’lum qildi. Biroq bu uchrashuvlarda hozircha quruq va’dalar berib kelinmoqda. 2017 yilning noyabrdia o‘tkazilgan so‘nggi uchrashuvda bu ijtimoiy tarmoqqa kontentdagi taqiqlangan axborotlarni o‘chirish hamda rossiyalik foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni tayyorlash vazifasi topshirilgan edi.

O‘qing: Snouden Telegram'ning bloklanishi bo‘yicha fikrini bildirdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!