Rossiya mobil telefonlari bozorida o‘sish kuzatilayapti

  •   Saroy
  •  2296
  •  23.06.2018 13:59

Rossiya mobil telefonlari bozorida o‘sish kuzatilayapti

IDC tahlil kompaniyasi  Rossiyaning telefon bozori bo‘yicha 2018 yilning  birinchi chorak yakunlarini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchilarning mobil qurilmalarini xarid qilish ko‘rsatkichi tobora ortib bormoqda.

Aniqrog‘i, birinchi choraklikda Rossiya mobil telefonlari bozorida 1,63 milliard AQSh dollariga teng qurilmalar sotilgan. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, bu yilning birinchi choragi uchun rekord ko‘rsatkichdir. Agar sotilgan telefonlarni dona hisobida baholaydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich ham birinchi choraklik uchun rekord darajaga chiqqan, ya’ni 6,3 mln dona telefon xarid qilingan.

O‘QING: Durovdan «muqobil internet»: buzib ham kirolmaysiz, ta’qiqlay ham olmaysiz

Son jihatidan olib qaraydigan bo‘lsak, bozorning to‘rtdan bir qismi hamon  Samsung kompaniyasiga tegishli bo‘lib turibdi. Huawei kompaniyasi esa ikkinchi o‘rinda bormoqda, ya’ni ushbu kompaniyaning ulushi Samsung kompaniyasi sotgan telefonlar miqdorining yarmiga teng bo‘ldi.  Xaridorlar sonini oshirish poygasida Xiaomi ham bo‘sh kelayotgani yo‘q. Sotilgan qurilmalar hajmi bo‘yicha u Huawei kompaniyasiga qariyb, yetay deb qoldi.

O‘QING: Putin so‘z berdi: «Telegram yopilmaydi!»

Shu bilan birga, Rossiya bozorida qimmat qurilmalarni xarid qilish tendensiyasi saqlanib qolmoqda.  Masalan, Android platformasida ishlaydigan smartfonlarning o‘rtacha narxi 175 AQSh dollarigacha yetgan. Tahlilchilar o‘z ma’lumotlarida yana shuni ham qo‘shimcha qilishganki, rossiyalik foydalanuvchilar telefon xarid qilayotganda e’tiborni ko‘proq gadjetlarning funksional nufuziga qaratishgan, ya’ni bergan pullari evaziga jiddiy texnik tavsifga ega bo‘lgan qurilmalarni ma’qul ko‘rishadi.

O‘QING: AQSh kontrrazvedka xizmati Rossiyadagi futbol muxlislarini ogohlantirdi!

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!