Rossiyalik ekspertlar eng yaxshi smartfonlarni e’lon qilishdi: kutilmagan natijalar!

  •   DiMaX
  •  2345
  •  02.08.2018 11:48

Rossiyalik ekspertlar eng yaxshi smartfonlarni e’lon qilishdi: kutilmagan natijalar!

«Roskachestvo» tashkiloti ICRT (International Consumer Research and Testing Ltd) bilan birga joriy yildagi eng yaxshi smartfonlarni o‘rganib chiqdi. Tadqiqot natijalari bunaqa chiqishini ko‘pchilik kutmagan bo‘lsa kerak.

O‘QING: TOP-6: $600 dollardan qimmat kuchli smartfonlarning bizdagi narxlari!

Ushbu tekshiruv ishlari smartfonlarning 229 ta ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘tkazildi. Ular orasida qurilmaning qulayligi, funksiyalari, foto va video tasvirga olish sifati, qo‘ng‘iroq, SMS va messenjerlar, musiqa fayllari ijrosi, navigatsiya va internet kabilar mavjud. Shuningdek, gadjetlarning apparat qismidan tashqari, dasturiy ta’minot tarafi ham tadqiq etildi.

TOP-o‘ntalikdagi eng sifatli qurilmalar Samsung’ning ayni damdagi flagmanlari – Galaxy S9 hamda Galaxy S9 Plus modellari bo‘lib chiqdi. Qizig‘i shundaki, janubiy koreyaliklarning o‘tgan yilgi bayroqdor smartfonlari – Galaxy S8 va S8 Plus boshqa kompaniyalarning bu yilgi flagmanlaridan ham o‘zib ketib, reytingda tegishlicha 3 va 4-o‘rinlarni band etdi.

O‘QING: Galaxy S9/S9+ : superflagmanlarning siri!

Apple’ning eng sifatli smartfoni iPhone 8 Plus bo‘lib chiqdi va unga Samsung’ning bulturgi flagmanlaridan keyingi – beshinchi o‘rin nasib etdi. Oltinchi o‘rin xitoyliklarga tegdi – Huawei P20 Pro modeli. Undan keyin yana janubiy koreyaliklarning devaysi – Galaxy Note 8 fableti turibdi. Kupertinoliklarning iPhone 8 hamda iPhone X modellari esa 8-9-o‘rinlarga loyiq ko‘rilgan. Kuchli o‘ntalikni Huawei Mate 10 Pro yakunlab bergan.

Yakuniy hisobda Samsung beshta modeli bilan ushbu reytingning naq yarmini band etdi, tag‘in shundan to‘rttasi – eng yuqori o‘rinlar. Apple uchta modeldagi ayfonlari bilan undan keyingi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Huawei’ning ikkita rusumdagi smartfoni eng yaxshilari ro‘yxatiga kirgan. TOP-o‘ntalikka boshqa smartfonsozlarning mahsulotlari kira olmagan.

Mazkur tadqiqotning batafsil ma’lumotlari, turli smartfonlarning qaysi ko‘rsatkichlar bo‘yicha qanday natijalar namoyon etgani kabilar bilan «Roskachestvo» saytida tanishish mumkin.

O‘QING: Huawei P20 Pro: "Malika"dagi uch ko‘zli “dahshat"!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.