Rossiyalik harbiylar ilk bor yangi suvosti kemasini namoyish qildi

  •   Saroy
  •  1485
  •  24.07.2018 16:44

Rossiyalik harbiylar ilk  bor  yangi suvosti kemasini namoyish qildi

Boshqaruvchisiz suzadigan noyob suvosti kemasi «Poseydon» haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Qurilma Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy Youtube-kanali orqali namoyish qilindi.

«Poseydon» ilk bor 2015 yilda federal kanallaridan  birining operatori “sirli” torpedaning taqdimoti haqidagi kadr tasvirlangan ma’lumotni namoyish qilganda ma’lum bo‘lgandi. O‘shanda  suvosti dronining texnik tavsifi barchani  hayratga solgandi: nazariy jihatdan kema 10000 kilometrni soatiga 100 mil tezlikda suzib o‘tishi mumkin. Mazkur qurol haqida ma’lumotlar oshkor bo‘lgach, Pentagonda  ham halovat yo‘qolgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

O‘QING:Facebook Aquila internet droni loyihasini bekor qildi

Shundan buyon mazkur suvosti kemasi haqidagi ma’lumotlar uta maxfiy saqlandi. «Poseydon» haqiqatan ham borligi haqidagi xabar esa, 2018 yil 1 mart kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin tomonidan ma’lum qilingan edi. Endi esa, harbiy qurilma hatto,  bir ikki lahza bo‘lsa-da, videoda ham ko‘rsatildi.

Mudofaa vazirligidan ma’lum qilinishicha,  «Poseydon»ning barcha tizimi bo‘yicha sinov ishlari oxiriga yetay deb qolgan. Hozirda yangi qurolning dinamik tavsifi hamda avtonom rejimda harakat qilishi tekshirib chiqilyapti. «Poseydon» yordamida rossiyalik harbiylar dushmanning kemalarini ham, sohil bo‘yida joylashgan infratuzilmasini ham yo‘q qila oladi.

O‘QINGDronlarni to‘xtatib qolgan bojxonachilar hayratga tushishdi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!