Rossiyalik olimlar ozon qatlamining sirini ochdilar

  •   Saroy
  •  1972
  •  14.08.2018 11:45

Rossiyalik olimlar ozon qatlamining sirini ochdilar

Mana 20 yildirki, fiziklarning yer atmosferasi ustki qatlamida ozon paydo bo‘lishi bo‘yicha nazariyasi bilan eksperimental ma’lumotlari bir biriga to‘g‘ri kelmayotgandi. Lekin rossiyalik olimlar va ularning fransiyalik hamkasblarining hisob-kitoblari ushbu jarayonga aniqlik kiritdi.

Xalqaro tadqiqot guruhi jarayonning molekulyar harakatini hisoblab ko‘rdilar. Unda kislorod qator metabarqaror holati orqali o‘tib, ozonga aylanadi va oqibatda tarqalib ketadi. Shunday bo‘lishini tushinishning kaliti sifatida ozonning molekulyar tuzilmasida kuchli quvvatning yangi yuzasini aniqlash sabab bo‘ldi.

O‘QING:Yaqin yillarda insoniyat Internetsiz qolishi mumkin

Bungacha fiziklar ozonning parchalanib ketishi trayektoriyasidagi kuchli quvvat yuzasida  qandaydir to‘siq mavjud, deb o‘ylashardi. Tomsk davlat universiteti olimlarining hisob kitoblari ushbu tasavvurning xato ekanini ko‘rsatdi. Bu esa nazariy va eksperimental tezlik reaksiya borasida bir to‘xtamga kelishga imkon berdi.

Bu haqdagi maqola yaqinda The Journal Physical Chemistry jurnalida e’lon qilindi. Mazkur tadqiqot iqlim o‘zgarishini va uning atmosferada ozonning konsentratsiyasi bilan bog‘liqligini tushunishda juda muhim sanaladi.  Chunki ozon nafaqat kosmik nurlanishga qarshi himoya qatlami, balki muhimligi jihatidan uchinchi issiqxona gazi  hisoblanadi.

O‘QING:Okeanbo‘yi mamlakatlar suv ostida qoladimi?

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!