Rossiyalik olimlar rulda uxlab qolishga yo‘l qo‘ymaydigan ilova yaratishdi

  •   DiMaX
  •  772
  •  30.09.2019 09:02

Rossiyalik olimlar rulda uxlab qolishga yo‘l qo‘ymaydigan ilova yaratishdi

Avvalroq «Yandeks.Taksi» rulda uxlab qolishga qarshi qurilma ishlab chiqqanligi haqida xabar bergan edik. Endi esa olimlar uning funksiyalarini istalgan Android-smartfonga joriy etuvchi ilovani taqdim etishdi!

O‘QING: Yana ikkita shahrimizda «Yandeks.Taksi» ish boshladi, lekin Toshkent hokimi o‘rinbosari unga qarshi!

Drive Safely deb nomlanuvchi mazkur dastur haydovchining yuzida uyqusirash alomatlarini hamda diqqatning kamayishini aniqlovchi butun boshli tizimdan iborat. U e’tiborni jamlashga ko‘maklashadi hamda yo‘ldagi vaziyatdan va haydovchining holatidan kelib chiqib maslahatlar berib boradi.

Bu dasturni qo‘llashdan oldin smartfonni mashinaning old oynasiga mahkamlash kerak bo‘ladi. Drive Safely tizimi «Yandeks.Xarita» yoki Google Maps singari navigatorlar bilan parallel ravishda ishlaydi; shuningdek, telefon qo‘ng‘iroqlari yoki SMS-xabarlar qabul qilishga ham xalaqit bermaydi.

Drive Safely smartfonning selfi-kamerasini qo‘llab, haydovchining boshi holatini hamda ko‘zlarining ochiqlik darajasini kuzatib turadi. Mudrash alomatlari aniqlanganida u haydovchini xavfdan ogohlantiradi.

O‘QING: «Yandeks Xarita» endi Toshkentdagi jamoat transporti yo‘nalishlarini ko‘rsatmoqda!

«Shunga o‘xshash tizim hozirda «Yandeks» kompaniyasida ham ishlab chiqilmoqda va u maxsus infraqizil kameraga mo‘ljallangan. Bizning dasturimizda undan farqlanuvchi asosiy jihat – bugungi kunda har bir kishida mavjud bo‘lgan smartfonda ishlashi hamda avtomobilga qandaydir qo‘shimcha jihoz o‘rnatish kerak bo‘lmasligidir», deyishadi Drive Safely dasturchilari.

Sankt-Peterburg dasturchilari haydovchi charchaganligining asosiy belgilarini raqamli parametrlarga o‘tkazishgan, bunda boshning egilish burchagi hamda ko‘zlarning ochiqlik darajasini hisobga olishgan. Bundan tashqari, Drive Safely avtomobilning tezligini hamda burilishlarni ham kuzatib va foydalanuvchini kerakli tomonga qarash lozimligidan ogohlantirib boradi.

Siz ham mashina boshqaradigan bo‘lsangiz, Drive Safely ilovasini smartfoningizga mana bu havola orqali yuklab olib, ishlatib ko‘rishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Toshkentda shaharning uch o‘lchovli xaritasi va tashkilotlar ma’lumotnomasi - 2GIS yaratildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.