Safari’dagi tugmachalar ostiga yashirilgan qo‘shimcha funksiyalarni bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  1172
  •  28.06.2019 18:19

Safari’dagi tugmachalar ostiga yashirilgan qo‘shimcha funksiyalarni bilasizmi?

Dunyoda eng ko‘p qo‘llanadigan ilovalardan biri Safari brauzeri hisoblanadi. Apple mobil qurilmalarida internet-syorfing uchun asosiy dastur sifatida o‘rnatilgan ushbu brauzerning qo‘shimcha imkoniyatlarini ko‘pchilik bilmasligi mumkin.

O‘QING: iPhone’larning ko‘pchilik bilmaydigan imkoniyatlarini Apple beshta videoda ko‘rsatib berdi

Safari tugmachalariga ko‘plab qo‘shimcha funksiyalar yashirib qo‘yilgan va ularga kirish uchun brauzer interfeysidagi tugmachalarni uzoqroq muddat bosib turish kerak bo‘ladi. Undagi barcha tugmachalarga shunday qo‘shimcha imkoniyatlar tatbiq etilgan. Jumladan:

Orqaga qaytish uchun ishlatiladigan «Vernutsya» strelkasini sal vaqt bosib tursangiz, o‘tilgan sahifalar tarixi ochiladi.

Tanlangan veb-sahifalarni o‘z ichiga olgan «Zakladki» tugmachasini bosib turish orqali hozir ochiq turgan sahifani ushbu ro‘yxatga tezda qo‘shib qo‘ya olasiz.

Varaqalarning biridan ikkinchisiga o‘tish tugmachasini bosgancha ushlab tursangiz, tezda yangi varaqa ochiladi.

Shuningdek, ochilgan sahifalarning biridan ikkinchisiga o‘tish uchun qo‘llanadigan menyudagi tugmachalarda ham qo‘shimcha funksiyalar bor.

Varaqani yopishga mo‘ljallangan «Zakrit» tugmachasini bosib turish barcha varaqalarni birdaniga yopish imkonini beradi.

«Plyus» tugmachasini bosib turish orqali oxirgi yopilgan veb-sahifalar ro‘yxatini ochish mumkin.

O‘QING: Turli brauzerlarda maxfiylik rejimini yoqishning eng oddiy usuli

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.