«Salkam flagman»: Galaxy A8+ (2018)ning «jonli» suratlari chiqdi

  •   DiMaX
  •  2049
  •  04.12.2017 14:35

«Salkam flagman»: Galaxy A8+ (2018)ning «jonli» suratlari chiqdi

2016 yilning 2 yanvarida Samsung kompaniyasi o‘z smartfonlarining Galaxy A turkumini taqdim etgan edi. Ushbu turkum yuqori xususiyatlari (metall yoki shisha korpus, 2,5D-shisha va AMOLED-displey) va nisbatan past narxi tufayli juda yaxshi ommalashdi. Oradan ikki yilga yaqin vaqt o‘tib, janubiy koreyalik texnogigant mazkur smartfonning navbatdagi modellariga flagman xususiyatlarini joriy etish bo‘yicha yana bir yirik qadam tashlamoqda.

O‘QING: Kutilmagan Galaxy A8 (2018): unga hatto Galaxy S8 va Note 8 egalari ham havas qilishlari tayin!

Samsung Galaxy A5 hamda Galaxy A7 smartfonlarining navbatdagi avlodini tegishlicha Galaxy A8 va Galaxy A8+ deb nomlamoqchi ekanligi haqida avvalroq internetda xabarlar tarqalgan edi. Keyingi chiqayotgan ma’lumotlar shu mish-mishlarning rost bo‘lib chiqishiga ishora qilayotir.

Nomlarning bu tariqa o‘zgartirilishi sababi – xaridorlar bu nom ostida Galaxy S8 flagmaniga yaqinlikni his etishlari ko‘zda tutilgan. To‘g‘ri, tez orada Galaxy S9 ham taqdim etiladigan bo‘lib turibdi, ammo ishlab chiqaruvchining bu qadami o‘zini oqlasa kerak.

O‘QING: Samsung Galaxy S9 va S9+ taqdimotiga oz qoldi, kutilmagan tafsilotlar bilan tanishing!

Xullasi kalom, kuni kecha Galaxy A8+ (2018) modelining «jonli» suratlari tarqaldi. Ularni «xitoycha Twitter» deya ta’riflanuvchi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilishgan.

Ko‘rib turganimizdek, Galaxy A8+ modeli xuddi flagmanlardagidek Infinity Display ekraniga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, uning romlari nisbatan qalinroq, lekin o‘rta narxli smartfon ekanini hisobga olsak, bu jihatini tushunsa bo‘ladi.

Texnik xususiyatlariga keladigan bo‘lsak, hozircha ma’lum bo‘lgani shuki, Samsung mazkur modelga o‘zining Exynos 7885 protsessori hamda 6 gigabaytgacha hajmli tezkor xotira o‘rnatyapti. Bu esa flagmanlar sari yana bitta qadam, deganidir.

O‘QING: Samsung’dan yana bir kutilmagan «salkam flagman» – Galaxy A8 Plus (2018)ning ilk suratlari!

Galaxy A8 va Galaxy A8+ devayslarini Samsung kelasi yilning boshida taqdim etishi rejalashtirilgan. Bu borada yangi ma’lumotlardan boxabar bo‘lib turish uchun bizdan uzoqlashmang.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!