Samarqandda “ICTWEEK – 2022” AKT haftaligi start oldi

Samarqandda “ICTWEEK – 2022” AKT haftaligi start oldi

Sammitni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tabrik so‘zi bilan ochdi.

Sammitning ochilishida xorijlik mehmonlar va AKT sohasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirga AQSh, Yevropa va Osiyo davlatlaridan bir qator ekspertlar taklif etilgan.

Haftalikka tashrif buyuruvchilar AKT sohasidagi so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lishlari, raqamlashtirish bo‘yicha bugungi kundagi tendensiyalar va BMTning 2022 yilgi elektron hukumat reytingi taqdimoti bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ushbu tadbirda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining ham o‘ziga xos ishtiroki ko‘zda tutilgan.

Markaz xalqaro hamkorlar bilan birgalikda “Raqamli davlat siyosati asoslari” mavzusida salohiyatni oshirish va “BMTning 2022 yilgi elektron hukumat tadqiqotining natijalari va mintaqaviy tendensiyalari” mavzusidagi seminarlarga mezbonlik qiladi.

Tabdir doirasida ko‘rgazma, sammit, forum o‘tkaziladi.

O'QING: Koreyalik texno-gigant o‘z biznesini Rossiyadan O‘zbekistonga ko‘chirish niyatida

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!