Samarqand viloyati hokimi o‘z saytini ochdi

Samarqand viloyati hokimi o‘z saytini ochdi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimovning turdimov.uz sayti ishga tushirildi. Sayt test rejimida ishlamoqda. Ushbu saytda Samarqand viloyatidagi yangiliklarni yoritish, xalq fikrini berib borishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu haqda zarnews ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, E.Turdimov  zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanadi va ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol. Xususan, E.Turdimov faoliyati davomida viloyat televideniyesida hokimlar va ularning o‘rinbosarlari, viloyatdagi boshqarma va idoralar rahbarlarining xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu ko‘rsatuvlar bir vaqtning o‘zida viloyat hokimining Facebook'dagi sahifasida namoyish etib borilmoqda. 

O‘QING: «Xavfsiz shahar»ning pilot loyihasi Samarqandda amalga oshiriladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.