Samarqandda naq 13 ta bepul Wi-Fi hududi bor, ularni bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  1030
  •  21.05.2019 10:40

Samarqandda naq 13 ta bepul Wi-Fi hududi bor, ularni bilasizmi?

Samarqand viloyatidagi naq o‘n uchta ob’yekt yonida bepul foydalanish uchun Wi-Fi hududlari tashkil etildi. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar bergan.

O‘QING: Samarqand viloyati hokimi o‘z saytini ochdi

Xabarga ko‘ra, Samarqand viloyatidagi quyida keltirilgan 13 ta ob’yekt atrofida bepul (1 Mbit/s gacha) va pulli (10 Mbit/s gacha) Wi-Fi zonalari tashkil etildi:

  1. Registon maydoni;
  2. Samarqand xalqaro aeroporti;
  3. Temiryo‘l vokzali;
  4. Hazrati Xizr masjidi;
  5. «Afrosiyob» muzeyi;
  6. «Amir Temur» maqbarasi;
  7. «Xo‘ja Doniyor» maqbarasi;
  8. «Shohi Zinda» ansambli;
  9. M.Ulug‘bek rasadxonasi;
  10. «Bibixonim» majmuasi;
  11. Al-Buxoriy majmuasi;
  12. «Siyob» bozori;
  13. M.Ulug‘bek avtoshohbekati

Hozirgi kunda Wi-Fi zonalari sonini oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda, deyiladi xabarda.

O‘QING: Nihoyat, Toshkent metrosida bepul Wi-Fi bo‘ladi!

Yuqorida ko‘rsatilgan ob’yektlarda Wi-Fi’ga ulanganda, foydalanuvchiga bepul va pulli Wi-Fi tarmog‘iga ulanish taklif etiladi. Foydalanuvchi bepul tarmoqni tanlasa, unga 30 sekundli reklama roligi ko‘rsatiladi, ushbu rolikni ko‘rib bo‘lgandan so‘ng bepul Internet tarmog‘idan foydalanishi mumkin. Internetga ulanish tezligi 1 Mbit/s gacha bo‘ladi.

Agar foydalanuvchi pulli Internetga ulanmoqchi bo‘lsa, unda unga Internet tarmog‘idan foydalanish davomiyligi vaqti taklif etiladi. Foydalanuvchi 1, 3, 9, 24 soat va 1 hafta davomida Internet tarmog‘idan foydalanishlardan birini tanlaydi, ularning narxi ham turlicha bo‘lib, mos holda 1000, 2000, 4000, 6000 va 24000 so‘mni tashkil etadi. Foydalanuvchi o‘ziga kerakli tarifni tanlab, to‘lovni Click yoki Payme tizimlari orqali amalga oshiradi va Internet tarmog‘iga ulanadi. Ushbu holatda foydalanuvchining Internet tarmog‘iga ulanish tezligi 10 Mbit/s gacha bo‘ladi.

O‘QING: Wi-Fi tarmog‘iga QR-kod orqali ulanish

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!