Samolyotlar o‘rgimchak tolasidan tayyorlanadi

  •   Saroy
  •  1025
  •  19.09.2018 13:28

Samolyotlar o‘rgimchak tolasidan tayyorlanadi

Airbus kompaniyasi samolyot korpusini sintetik o‘rgimchak tolasidan tayyorlamoqchi. Yangi materialga   biostal, deb nom berildi.

Noyob korpusli samolyotning birinchi tajriba nusxasini  Airbus  kompaniyasi 2019 yilda namoyish etishini ma’lum qildi. Yangi material AMSilk kompaniyasi tomonidan tayyorlanmoqda. Biostal o‘zida tolalarni o‘ziga xos burash asosida tayyorlangan  biopolimerdan iborat. Bu unga o‘ta yuqori mustahkamlik beradi. Biostalni ishlab chiqarishning yana bir muhim tomoni, uning ekologik tozaligidir.   Polimer tolasi oziqlanish muhitida ko‘payayotgan bakteriyalarni sintez qiladi. Buning uchun  AMSilk kompaniyasida 60 000 litrli sig‘imga ega ulkan bioreaktor konstruksiya yasaldi.

O‘QING:AQShda parvoz vaqtida samolyotlarda telefonda gaplashishga ruxsat berilishi mumkin

Bunday yengil va ekologik zararsiz materialning joriy qilinishi samolyotning atrof-muhitga keltiradigan zararini sezilarli ravishda kamaytiradi. Chunki, samolyot qancha yengil bo‘lsa, shuncha kam yog‘ilg‘i sarflaydi va shunga yarasha oz chiqit chiqaradi. Hozir ishlatilib kelinayotgan uglevodorodli tola esa, biostaldan bir necha marotaba qimmat turadi.

Biostalni qo‘llash variantlarining qariyb cheki yo‘q. Hozircha, sintetik o‘rgimchak tolasidan qilingan samolyot  loyihasini hayotga joriy qilishga ancha muddat bor bo‘lsa-da, ammo undan samoyotning nozik joylariga himoya panellarini yasashda foydalansa bo‘ladi. Qolaversa, biostalning antibakterial xususiyati tufayli, u havo kemasining ichini  jihozlashda ham juda kerakli material bo‘la oladi.

O‘QING:Airbus samolyotlari dronlarni ishdan chiqaruvchi tizimga ega bo‘ladi

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!