Samolyotlarimizda endi internet-to‘plamlar sotib olish mumkin, to‘lovi esa plastikdan!

  •   DiMaX
  •  436
  •  18.03.2019 11:40

Samolyotlarimizda endi internet-to‘plamlar sotib olish mumkin, to‘lovi esa plastikdan!

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasiga tegishli yangi samolyotlarda mijozlar Wi-Fi orqali internetdan foydalana oladigan bo‘lishadi. Xizmat haqini esa plastik karta orqali to‘lash mumkin bo‘ladi, deb yozadi «Daryo» nashri.

O‘QING: Su-35S AQShning «ko‘rinmas» samolyotini ko‘rib qoldi

Milliy aviakompaniya bortida Wi-Fi o‘rnatilishi Prezident qarori bilan 2018 yil boshida rejalashtirilgan, lekin buning uchun yangi samolyotlar zarur edi.

Shunday samolyotlardan biri Airbus A320neo joriy yilning mart oyida O‘zbekistonga olib kelindi. 2019 yilning ikkinchi yarmida esa Wi-Fi bilan jihozlanuvchi yana ikkita yangi Boeing 787 Dreamliner samolyotlari keltirilishi kutilmoqda.

Xabarda aytilishicha, Uzcard to‘lov tizimi Uzbekistan Airways billing markaziga birlashtirilgan bo‘lib, endilikda yo‘lovchilar ayni parvoz vaqtida plastik karta orqali kerakli trafikka ega internet to‘plamlarini sotib olishlari mumkin.

O‘QING: «Uchar tobutlar»: AQShda beshta eng yomon jangovar samolyotlar reytingi e’lon qilindi