Samsung 2 iyuldayoq yangi Galaxy On taqdim etmoqchi – u qanday smartfon?

  •   DiMaX
  •  1492
  •  30.06.2018 11:29

Samsung 2 iyuldayoq yangi Galaxy On taqdim etmoqchi – u qanday smartfon?

«Yashil robotchali» smartfonlar bozorida eng ommabopi, albatta, Samsung Galaxy modellaridir. Janubiy koreyalik gigant ham yuksak texnologiyalarga ega flagmanlar, ham hamyonbop mobil telefonlar bozorlaridan imkon qadar ko‘proq ulush olishni ko‘zlamoqda.

O‘QING: Samsung rasman Galaxy Note 9 taqdimotiga taklif etmoqda (+video)

Jumladan, ushbu kompaniya Galaxy On turkumiga mansub yangi qurilmasini tayyorlayotgani haqida ham turli ma’lumotlar tarqalgan edi. Gsmarena saytining yozishicha, ushbu smartfon joriy yilning ikkinchi iyulidayoq rasman namoyish etiladi.

Afsuski, yangi Galaxy On gadjetining texnik xususiyatlari haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Ammo Samsung’ning mazkur turkumdagi smartfon savdosi bo‘yicha hamkori – Flipkart bu mahsulotni faqat Hindiston bozoriga chiqarishi aytilmoqda.

Ushbu marketing kompaniyasi tarqatgan reklama suratlaridan anglashiladiki, yangi Galaxy On modelida «Always on Display» funksiyasi mavjud. Bu esa, mazkur gadjetda Super AMOLED-ekran qo‘llanishidan dalolat beradi.

O‘QING: Samsung’ning yangi hamyonbop smartfoni «qo‘lga tushdi»: AMOLED-ekranli va NFC modulli!

Samsung yangi smartfonini taniqli hind aktyori va jang san’ati ustasi Tayger Shroff (Tiger Shroff) ishtirokidagi promo-video orqali reklama qilmoqchi. Shu lavhadan olingan quyidagi kadrdan anglashiladiki, Galaxy On yakka sensorli bosh kameraga ega. Bevosita bosh kamera ostida esa barmoq izi skaneri joylashgan.

Agarda internetda tarqalgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topsa, janubiy koreyalikning navbatdagi smartfoni Infinity Display ekraniga, Exynos chipsetiga va to‘rt gigabaytlik tezkor xotiraga ega bo‘ladi.

Galaxy On turkumi odatda allaqachon Samsung tomonidan rasman namoyish etilgan modellar rebrendingidan iborat bo‘ladi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, Hindistonda taqdim qilinadigan navbatdagi Galaxy On modeli biz bilgan Galaxy J6 smartfonining «hindcha» talqini bo‘lishi mumkin.

Samsung’ning avvalroq bozorga chiqarilgan aksariyat mobil qurilmalari esa yurtimiz bozorlarida, jumladan, o‘zimizning Terashop.uz onlayn do‘konimizda ham rasmiy kafolat bilan sotilmoqda.

O‘QING: Chegirmali Samsung smartfonlari narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladi (2018 yil 27 iyun)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!