Samsung 8-avlod Intel protsessorli Notebook 3 hamda Notebook 5’ni taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1630
  •  02.04.2018 18:10

Samsung 8-avlod Intel protsessorli Notebook 3 hamda Notebook 5’ni taqdim etdi

Janubiy koreyalik texnogigant turli boshqa qurilmalar qatori, laptoplar ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi. Kuni kecha u o‘zining navbatdagi ikki rusumdagi noutbuklarini rasman namoyish qildi.

O‘QING: Eng ishonchli noutbuksozlar reytingi e’lon qilindi

Samsung’ning yangi laptoplari zamonaviy trendlarga mos tarzda – yupqa korpusli qilib ishlangan. Notebook 3 modelining qalinligi atigi 19.6 millimetrga, Notebook 5’niki esa 19.9 millimetrga teng.


Bulardan birinchisining o‘zi ikkita variantda chiqariladi: birining ekrani diagonaliga 14 dyuymlik bo‘lib, displeyi HD formatida. Ikkinchisi esa 15.6 dyuymlik, FullHD formatli ekranga ega. Samsung Notebook 5 esa bittagina variantda taqdim etilgan, uning displeyi o‘lchami diagonaliga 15.6 dyuymli, FullHD formatida.

O‘QING: Quvvati eng uzoqqa yetuvchi 25 noutbuk

Yuqorida ko‘rsatilgan modellarning turli modifikatsiyalarida Intel kompaniyasining 7 yoki 8-avlod protsessorlari qo‘llanadi. Ichki xotira tarzida ularda SSD yoki SSD+HDD turidagi ma’lumot saqlagichlar bo‘ladi. Noutbuklarning grafik adapterlari ham turlicha, NVIDIA MX150 (2 Gb) qo‘llanadigan modifikatsiyalar ham mavjud. Tezkor xotiralari DDR4 formatida, ammo hajmini hozircha ma’lum qilishmagan. 14 dyuymlik displeyga ega laptop vazni 1.66 kilogrammga, qolgan ikkitasining og‘irligi esa 1.97 kilogrammga teng.

Notebook 3 hamda Notebook 5 laptoplari Janubiy Koreyada shu oyning o‘zidayoq sotuvga chiqarilishi aytilmoqda, tez orada ularning global savdosi ham boshlanadi. Biroq ushbu yangi noutbuklarning narxlari hozircha ma’lum emas.

O‘QING: Acer, Lenovo, HP, Dell va boshqa noutbuklarning so‘mdagi narxlari (2018 yil 28 mart)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.