Samsung aytmasayam, yangi yilgacha chiqadigan Galaxy S10 Lite narxi va xususiyatlari fosh bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  5835
  •  20.12.2019 14:32

Samsung aytmasayam, yangi yilgacha chiqadigan Galaxy S10 Lite narxi va xususiyatlari fosh bo‘ldi

Yetakchi smartfonsoz Galaxy S10 Lite nomli yangi smartfonni shu yiliyoq taqdim etishi aytilgan va uning ba’zi texnik jihatlari ma’lum. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u aslida Galaxy A90 5G (Galaxy A90s deb ham atashadi) yoki Galaxy A91 modellaridan birining jahon bozoriga mo‘ljallangan talqinidir.

O‘QING: Samsung’ning buyuk yolg‘oni: dekabrda chiqayotgan Galaxy S10 Lite – umuman yangi smartfon emas ekan!

Germaniyalik mashhur insayder Roland Kuandt (Roland Quandt) kutilayotgan ushbu smartfonning Yevropaga mo‘ljallangan versiyasi haqida ayrim ma’lumotlarni oshkor etdi. Unga ko‘ra, Galaxy S10 Lite diagonaliga 6,7 dyuymlik, tomonlari o‘zaro 19.5:9 nisbatli ekranga ega. AMOLED-matritsali displeyning tasvir aniqligi 2400x1080 pikselni tashkil etadi va unda 32 megapiksellik selfi-kamera uchun tuynukcha mavjud.

Yevropada sotish uchun tayyorlanayotgan Galaxy S10 Lite uchun Qualcomm Snapdragon 855 protsessori tanlangan. Smartfon 8/128 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega, yana naq 1 terabaytgacha hajmli microSD-karta uchun slot mavjud.

O‘QING: S10/S10+ "Lite"mi, S10 Lite "Lite"mi?

Qurilmaning bosh kamerasi uchtalik: 48 megapiksellik asosiy moduli aperturasi f/2.0 bo‘lsa, ikkinchi – 12 megapiksellik datchigi keng burchakli ob’yektivga ega. Uchinchi – makros’yomka sensorining aniqligi esa 5 megapikselga teng.

Galaxy S10 Lite akkumulyatorining tok sig‘imi 4500 mA/soatlik bo‘lib, Super Fast Charging 2.0 texnologiyasi yordamida 45 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvat oladi. Samsung bu smartfonini One UI 2.0 grafik qobig‘i ostidagi Android 10 operatsion tizimi bilan taqdim etadi.

Kuandt so‘zlariga ko‘ra, Galaxy S10 Lite shu yilning oxirigacha (ya’ni – o‘n kun ichida!) rasman taqdim etiladi. Yevropada unga 680 yevro miqdorida narx belgilanadi, mamlakatiga qarab bu narx 10 yevroga farq qilishi mumkin.

O‘QING: Galaxy A51, A71, A81 va A91 smartfonlarining narxlari ma’lum bo‘ldi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!