Samsung buklama smartfonini antiqa surat bilan reklama qilyapti

  •   DiMaX
  •  638
  •  05.11.2018 14:31

Samsung buklama smartfonini antiqa surat bilan reklama qilyapti

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining qayishqoq ekranli buklama smartfonini tez orada namoyish etmoqchi ekanidan xabaringiz bor. Kompaniya o‘zining Twitter-akkaunti orqali shu modelga bag‘ishlangan antiqa rasmni e’lon qildi.

O‘QING: Samsung’ning buklama smartfoni egiluvchan displeydan tashqari yana bitta ekranga ega!

Kompaniya e’lon qilgan rasmda qoq belidan bukilgan Samsung logotipi aks ettirilgan:

Eslatib o‘tamiz, Galaxy F (ayrim manbalarga ko‘ra – Galaxy X) modeli haqidagi batafsil ma’lumotlarni 7-8 noyabr kunlari San-Fransisko shahrida o‘tkaziladigan anjumanda aytishadi.

Biroq aynan buklanuvchi displeyli mobil qurilma borasida birinchilikka intilayotgan Samsung ham, Huawei ham dog‘da qolgan. Unchalik ham tanilmagan bir xitoylik kompaniya buklanuvchi, tag‘in Snapdragon 8150 protsessorli ilk smartfonni allaqachon sotuvga chiqarishgayam ulgurgan.

O‘QING: Ilk buklama 5G-smartfon – FlexPai bugundan sotuvga chiqdi, lekin bu Samsung ham, Huawei ham emas! (+«jonli» videolar)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!