Samsung direktori so‘z berdi: buklama smartfon shu yiliyoq chiqadi!

  •   DiMaX
  •  892
  •  04.09.2018 13:39

Samsung direktori so‘z berdi: buklama smartfon shu yiliyoq chiqadi!

O‘zgacha form-faktordagi – buklanuvchi korpusga va qayishqoq displeyga ega smartfon yaratish borasida bir qator kompaniyalar poyga o‘ynayotganidan xabaringiz bor. Janubiy koreyalik texnogigant bu borada ancha yutuqlarga erishib ham bo‘lgan.

O‘QING: Samsung Galaxy X: egiluvchan smartfonning ilk tasvirlari

Kompaniya top-menejeri ushbu inqilobiy qurilmaning kutilayotgan vaqtidan oldinroq, ya’ni, kelasi yili emas, balki 2018 yilning o‘zidayoq chiqishini aytdi. Samsung mobil bo‘linmasi bosh direktori DJ Koh so‘zlariga ko‘ra, buklama smartfon shu yilning noyabrida San-Fransisko shahrida dasturchilar uchun tashkillashtiriladigan konferensiyada taqdim etilishi mumkin.

Direktorning so‘zlariga ko‘ra, Samsung ayni damda bu «oddiy bo‘lmagan» gadjet ustida ishlarni olib bormoqda. Kompaniya ushbu devaysning «ochilgan» holatda oddiy planshetlardan farqli bo‘lishi uchun imkon qadar harakat qilayotir. Ammo DJ Koh mazkur smartfonning qanday nomlanishi («Galaxy X» yoki «Galaxy F») masalasiga aniqlik kiritmagan.

Aytish kerakki, Samsung shu kungacha bozorga chiqargan aksariyat rusumlardagi smartfonlar Terashop.uz internet-do‘konimizda sotilmoqda. Ular bilan tanishish, o‘zingizga ma’qul modelning xususiyatlarini ko‘rish va onlayn xarid qilish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung chetga chiqib turishi kerak: Huawei dunyo bozorida birinchi bo‘lmoqchi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!