Samsung eng ixcham va arzon Galaxy A smartfonini tayyorlayapti!

  •   DiMaX
  •  3919
  •  27.09.2019 09:04

Samsung eng ixcham va arzon Galaxy A smartfonini tayyorlayapti!

Smartfonlar borgan sari kattalashib ketayotganini siz ham payqagansiz-a? Masalan, kuni kecha chiqqan 100 dollardan arzon Redmi 8A smartfonining ham ekrani diagonaliga 6,2 dyuymni tashkil etadi.

O‘QING: Nostandart dizaynli Galaxy A70s: rasmiy suratlari, narxi va boshqa jihatlari

Samsung kompaniyasining yangilangan Galaxy A turkumidagi eng arzon Galaxy A10 modeli (sotib olish) ham 6,2 dyuymlik displey bilan jihozlangan. Mazkur ishlab chiqaruvchi endi shundan kichkina smartfon endi chiqmasa kerak, deyotgan bo‘lsangiz – adashasiz. Insayderlarga ko‘ra, u endi diagonaliga 5,7 dyuymlik ekranga ega smartfon tayyorlamoqda.

Xabarlarga qaraganda, yangi telefon ixchamligidan tashqari, Galaxy A10 hamda Galaxy A10s (xarid qilish) modellaridan ham arzon bo‘ladi! Shuningdek, uning 16 gigabaytlik ichki xotiraga ega ekanligi ham ma’lum.

Ushbu qurilma haqida boshqa ma’lumot yo‘q, ammo uning IPS matritsali Infinity-V yoki Infinity-U ekran, yetarlicha sig‘imdor akkumulyator, 2 gigabaytlik tezkor xotira hamda Exynos 7870 darajasidagi protsessor bilan ta’minlanishini taxmin qilish mumkin. Afsuski, uning aniq narxi va taqdimot kuni ham hozircha ma’lum emas.

To‘g‘ri, 5,7 dyuymlik ekranga smartfonni ixcham deyish qiyin, ammo bugungi kun o‘lchamlariga ko‘ra u baribir kichkinadir. Shuningdek, arzonligi bois u xitoylik smartfonsozlarning ko‘plab modellari bilan bellasha oladi.

O‘QING: Endi eng arzon smartfonlarga ham Android 10 o‘rnatsa bo‘ladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!