Samsung eng kuchli quvvatlagichini ishlab chiqarmoqda!

Samsung eng kuchli quvvatlagichini ishlab chiqarmoqda!

Kompaniya ikki yangi  Samsung SE8A  va Samsung MM101 USB Type-C quvvat nazoratlagichlarini ishlab chiqarishini e’lon qildi. Smartfonlar uchun mo‘ljallangan standart aksessuarlardan farqi shundaki, ushbu qurilma 100 vattlik yuqori ko‘rsatkichda quvvatlay olishi mumkin. Yangi tipdagi zaryadlash uskunasi smartfonlardan tashqari planshet, noutbuk va monitorlar uchun ham ishlab chiqariladi.

Samsung

Taqdim etilgan press-relizga ko‘ra, zaryadlagichlar USB-PD 3.0 standarti asosida yaratilgan va 100 vattlik (20 V / 5 A) tashqi yetkazib beriluvchi quvvatni ta’minlaydi. Unga nazoratgich proshivkasiga kelajakdagi yangilanishlarni o‘rnatish imkonini beruvchi eFlash ichki xotirasi o‘rnatilgan. Ikkala qurilma ham haddan tashqari kuchlanishdan himoyalangan.

Samsung Galaxy Note 10 и Galaxy S11 получат 100-ваттную быструю зарядку

Samsung SE8A – bir chipda ham quvvat nazoratlagichni, ham xavfsizlikni ta’minlab beruvchi elementlarni birlashtirgan sohadagi ilk yechim bo‘lgan. Mikrosxema imkoniyatlariga shuningdek, xavfsizlik kalitini saqlash va maxfiy ma’lumotlarni shifrlash ham kiradi. Ushbu chipda USB Type-C Authentication texnologiyasi qo‘llangan.

Samsung MM101 esa mahsulotni autentifikatsiya qiluvchi Advanced Encryption Standard (AES) simmetrik shifrlash algoritmini qo‘llab quvvatlaydi va qurilmalarni xavfsiz zaryadlash uchun atrof-muhit namligini o‘lchovchi datchikni o‘z ichiga oladi.  

MM101 ayni damda so‘nggi bosqichdagi teslardan o‘tmoqda, SE8A chipini esa allaqachon ommaviy ishlab chiqarish boshlab yuborilgan. Yangi mikrosxemalarning sotuvga chiqish sanasi keyinroq e’lon qilinadi. Avvalroq, Xiaomi kompaniyasi ham 100 vattlik tezkor zaryadlovchi qurilmasini ko‘rsatgandi.

O‘QING: Eng xavfli noutbukka ham xaridor topildi – u rekord narxda sotildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!