Samsung eng zo‘r Fortnite o‘yinchilariga Galaxy Note 9 hadya etyapti! (+video)

  •   DiMaX
  •  927
  •  05.10.2018 15:22

Samsung eng zo‘r Fortnite o‘yinchilariga Galaxy Note 9 hadya etyapti! (+video)

Janubiy koreyalik gigant Galaxy Note 9 planshetofonining antiqa reklama kampaniyasini o‘tkazyapti. Ya’ni, ommabop Fortnite o‘yinida eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishganlarga ushbu smartfondan sovg‘a qilyapti.

O‘QING: Fortnite bo‘yicha trener qidirilmoqda

Samsung geymerlarga sovg‘ani ham xuddi o‘sha o‘yin uslubida ishlangan yashikda eltib bermoqda. Uning ichida Galaxy Note 9 fabletining o‘zidan tashqari, o‘yindagi o‘z avatari tasviri tushirilgan posterlar, shuningdek, o‘yinga mansub turli predmetlar ham bor.

Mana, ularning quvonchi va hayratiga birga guvoh bo‘lamiz:

Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy Note 9 fableti Fortnite multipleyerli shuteri o‘ynash mumkin bo‘lgan ilk Android-smartfondir. Lekin biz mushtariylarimizni bu kabi o‘yinlarga juda berilib ketmaslikka chorlaymiz, chunki...

O‘QING: Ajrashishlarning asosiy sabablaridan biri – Fortnite va boshqa kompyuter o‘yinlari ekan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!