Samsung flagmanlarida yana yangilanish!

Samsung flagmanlarida yana yangilanish!

Ayni damda, Yevropaning taxminan 25 ta mamlakatidagi Galaxy Note10 va Note10+ foydalanuvchilari qurilmaning Sozlamalar menyusiga o‘tib, N97*FXXS1ASKB versiyali tizim yangilanishi paketini yuklab olishlari mumkin.

Galaxy Note9'ga kelsak, hozirda faqatgina germaniyalik foydalanuvchilar dekabr oyi xavfsizlik patchiga ega N960FXXS4CSK2 versiyali tizim yangilanishini qabul qilishdi.Kompaniya yangilanishlarni rejalangan jadvaldan oldinroq jo‘natmoqda. Lekin OTA faqatgina dekabr oyi xavfsizlik patchiga ega, hech qanday yangi funksiya mavjud emas.

Ha aytgancha, sizning Note10 va Note9'ingizga ham yangilanish kelguniga qadar, ochiq beta-proshivkadan foydalanib tursangiz bo‘ladi. Buning uchun Samsung Members ilovasida ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi xolos.

O‘QING: Samsung Galaxy S10'larga barqaror Android 10 kela boshladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.