Galaxy A60 hamda Galaxy A70 xususiyatlari va «jonli» suratlarini TENAA fosh etdi!

  •   DiMaX
  •  4070
  •  25.03.2019 10:17

Galaxy A60 hamda Galaxy A70 xususiyatlari va «jonli» suratlarini TENAA fosh etdi!

Janubiy koreyalik texnogigant o‘rta narx toifasidagi Galaxy A smartfonlarining taqdimotlarini uzluksiz davom ettirmoqda. O‘tgan haftada u Galaxy A40 modelini namoyish etib, sotuvga ham chiqargan.

O‘QING: Samsung’ning hamyonbop Galaxy A2 Core smartfoni bilan ilk tanishuv!

Endi esa Xitoyning TENAA regulyatori hali taqdim etilmagan Galaxy A60 hamda Galaxy A70 modellarining ha sertifikatsion sinovlarini o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Shuning evaziga ularning ayrim texnik jihatlari va «jonli» rasmlari ham oshkor bo‘ldi.

Samsung Galaxy A70 foydalanuvchilarni nafaqat gradiyent tusli korpusi, balki diagonaliga 6,7 dyuymlik katta ekrani bilan ham xushnud etadi.

O‘lchami 164,2x76,7x7,9 millimetr keladigan ushbu smartfonning akkumulyatori ham anchagina sig‘imdor – 4400 mA/soat!

O‘QING: Galaxy Fold buklama smartfoni ilk bor Geekbench’da o‘z kuchini ko‘rsatdi. Lekin afsus...

Uning «uka»si – Galaxy A60 modeli esa birmuncha «kamtarroq»: ekran «atigi» 6,3 dyuymlik, korpusining o‘lchami esa 155,2x73,9x7,9 millimetr. Batareyasi esa 3410 mA/soatlik – ekrani va boshqa xususiyatlarini inobatga olganda, ancha yaxshi ko‘rsatkich.

E’tibor bering: ushbu qurilmalarning ikkalasi ham uch modulli bosh kameraga ega, ammo selfi-kameralari turlicha joylashgan. Galaxy A60 modelida selfi-kamera displeyning yuqori chap burchagidagi «tirqish»ga joylangan bo‘lsa, Galaxy A70’da ushbu sensor ekranining yuqori qismi o‘rtasidagi tomchisimon «kemtik»dan o‘rin olgan. «Kichkina» modelning orqa qopqog‘ida barmoq izi skaneri ko‘zga tashlanadi, «katta»sida esa u ko‘rinmaydi – hoynahoy, uning daktiloskopi ekranga integratsiyalangan.

Galaxy A60 hamda A70 modellarining namoyish va savdoga chiqish vaqtlari hozircha aniq emas. Kompaniyaning jahon bozoriga chiqarilgan aksariyat smartfonlarini, jumladan, Galaxy S10 hamda Galaxy S10+ flagmanlarini esa allaqachon Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: Nihoyat, Galaxy S10+ ham Terashop.uz’ga keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 13 mart) – aksiyasi ham bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!