Samsung Galaxy A71 5G TENAA'da

Samsung Galaxy A71 5G TENAA'da

Samsung Galaxy A71'ning 5G varianti haqida oldin ham xabar bergan edik. Ilgariroq, ushbu subflagman 3C sertifikatlash agentligi va Geekbench benchamarkida ko‘rinish bergan edi.

Hali taqdim qilinmagan qurilma, mana, TENAA listingida SM-A7160 model raqami bilan paydo bo‘ldi. Bu haqida GSMArena sayti xabar bermoqda.

Oldin ham ma’lum qilinganidek, A71 5G anchagina katta — 4 370 mA/soat akkumulyatorga ega bo‘lib, 25 vattda (11V, 2.25A) quvvatlana oladi. Smartfonning «ichak-chovog‘i» 162.6 x 75.5 x 8.1 millimetr hajmli korpus ichiga joylashtirilishi, vazni esa 185 gramm bo‘lishi kerak.Afsuski, devays dizayni haqida bilganlarimiz hozircha shulardangina iborat. Displey diagonali, ekran tafsilotlari, selfi kamera dizayni va joylashuvi haqida esa ma’lumot mavjud emas. Hozirga qadar Galaxy A71 5G'ning renderlari yoki suratlari ham sizib chiqmagan.Ammo smartfonning Samsung o‘zi ishlab chiqaruvchi Exynos 980 chipida ishlovchi talqini ichki jihatlari haqida talaygina ma’lumotga egamiz. TENAA'da ko‘rsatilishicha, qurilma operativ xotirasi 8GB bo‘lib, tashqi xotira chipi ham qo‘llab-quvvatlanadi. Xotira sig‘imi varinatlari haqida esa ma’lumot yo‘q.Kamera borasida esa, A71 5G 64MP asosiy kameraga ega bo‘ladi. Bunga 12 megapiksellik ultra-keng, 5MP makro va 5MP sath kameralari ham sherik qilinishi mumkin. Selfi kamera rezolyutsiyasi esa 32MP. Yuqoridagi jadvallardan ko‘rinib turgan boshqa jihatlarga Type-C porti, 3.5 mm audio jek, Bluetooth 5.0, Wi-Fi ac va Android 10 kiradi. Interfeys esa One UI 2.0 yoki 2.1 dan biri bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy A41 taqdim qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.