Samsung Galaxy A71'ning yangi renderlari chiqdi

Samsung Galaxy A71'ning yangi renderlari chiqdi

So‘nggi bir necha hafta ichida Samsung'ning o‘rta toifadagi Galaxy A71 smartfoni haqida ko‘p ma’lumot tarqaldi va devaysning qanday ko‘rinishida bo‘lishi ham ommaga ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, nufuzli manbalar va Evan Blass'ning so‘ngi tvitlariga ko‘ra, A71 haqida tarqatilgan avvalgi ma’lumotlar to‘gri bo‘lib chiqdi.Galaxy A71 hozirgi Galaxy Note10 kabi Infinity O-AMOLED displeyida bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, smartfonning yon va yuqori tomon romlari juda ingichka bo‘ladi. Afsuski, Evan Blass gadjetning suratidan boshqa narsani taqdim etmagan.

Galaxy A71 kelasi yilning 20 fevralida, ya’ni har yili Barselonada o‘tkaziladigan Butunjahon Mobil Kongressi tadbirida Galaxy S11 gadjeti bilan birgalikda namoyish qilinishi mumkin.

O‘QING: Galaxy A71'ga ilk nazar: dizayn va texnik jihatlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!