Samsung Galaxy A9 Star haqida yangi ma’lumotlar

  •   Saroy
  •  2627
  •  29.05.2018 15:30

Samsung Galaxy A9 Star haqida yangi ma’lumotlar

Xitoyning TENAA kompaniyasi ma’lumotlar bazasida Samsung kompaniyasining hali ommaga ma’lum qilinmagan yangi smartfoni – Galaxy A9 Star modeli haqidagi ma’lumot joylashtirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yangi smartfon displeyi hozirda urf bo‘lgan 18 dan 9 gacha va har tomondan yupqa romga ega bo‘ladi, shuningdek, uning orqa panelida kvadrat barmoq izlari skaneri va yon tomonli fleshkaga ega bo‘lgan hamda yon chaqmoqlari bor qo‘sh vertikal kamera o‘rnatilgan.  

O‘QING: Galaxy S9/S9+ : superflagmanlarning siri!

Samsung Galaxy A9 Star’ga  6,28 dyuymli 2220 ga 1080 piksel bo‘lgan  Super AMOLED Infinity Display o‘rnatilgan. Protsessori Exynos 9810, tezkor xotirasi 4 gigabayt va 64 gigabayt ichki xotiraga ega. Asosiy qo‘sh kamera  24 va 16 Mpga tasvir oladigan datchiklar bilan jihozlangan.

Afsuski, yangi qurilmaning anonsi o‘tkaziladigan sanasi, narxi va boshqa tavsifi hali ma’lum qilinmayapti.

O‘QING: Samsung va Apple mojarosi bo‘yicha sud: mag‘lub tomon 539 million dollarga tushdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.