Samsung Galaxy A91 bilan renderlarda tanishamiz

Samsung Galaxy A91 bilan renderlarda tanishamiz

Samsung Galaxy A91 smartfoni haqidagi ilk xabarlar avgust oyida tarqalgan edi. 

Keyinroq, kompaniya ushbu qurilma xuddi Galaxy Note10+ kabi 45 vattli tezkor quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lishi, 2020 yilda taqdim qilinishi va qadoqdan Android 10 operatsion tizimida ishlashi haqida rasman ma’lumot bergan edi. Taxminlarga ko‘ra, gadjet Snapdragon 855 chipida ishlaydi va 4 500 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi.

Smartfon haqida tarqalgan eng so‘nggi ma’lumotlardan biri uning render tasvirlaridir. 91Mobiles tomonidan ulashilgan bu rasmlardan ko‘rinib turibdiki, devays ekrani qayrilgan bo‘ladi, lekin qayrilish darajasi Galaxy S'lardagi kabi bo‘lmaydi. Orqa panelda esa to‘rt lizna va yagona LED chirog‘idan iborat kamera moduli ko‘rinib turibdi (biroq 91Mobiles A91'ning uch kamera modulili renderlari borligini ham ta’kidlab o‘tgan). Yangi gadjetga periskop zum kamerasi ham o‘rnatilishi mumkin. Markazida aylana tiriqishli selfi kamera joylangan old panel esa Galaxy Note10'niki bilan deyarli bir xil. Selfilar uchun mo‘ljallangan linza 32 megapikselli bo‘lishi aytilmoqda. 

Renderlarda maxsus Bixby tugmasi va barmoq izi skaneri ko‘rinmayapti. Bundan chiqdi ovozli yordamchi tugmasidan voz kechilgan, sensor esa ekran ostiga ko‘chirilgan.

Yangi Galaxy A91 gadjetiga 6.7 dyuymli Full HD+ Super AMOLED displeyi o‘rnatiladi. Shuningdek, qurilma 8GB tezkor va 128GB doimiy xotiraga egaligi hamda Snapdragon 855 chipida ishlashi aytib o‘tilgan. Qurilmaning faqat bir varianti bo‘lib, 5G internet va Bluetooth 5.0 aloqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kamera haqida gap ketganda, smartfonga 48MP asosiy, 12MP ultra keng (ba’zi manbalarda 8MP deb aytib o‘tilgan) va 5MP telefoto kameralari qo‘yiladi. Ushbu kamerani modulida "Tilt OIS" deb nomlangan xususiyat bo‘lishi ham mumkin. 

O‘QING: Mana, Samsung Galaxy S11 qanday bo‘ladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!