Samsung Galaxy Book 2 taqdim etildi – uzluksiz 20 soat ishlovchi planshet-transformer!

  •   DiMaX
  •  1300
  •  20.10.2018 11:49

Samsung Galaxy Book 2 taqdim etildi – uzluksiz 20 soat ishlovchi planshet-transformer!

Janubiy koreyalik texnogigant kuni kecha o‘zining navbatdagi gadjeti – Windows 10 tizimli gibrid planshetini rasman taqdim etdi. Bu – 2017 yilning fevralida namoyish qilingan Galaxy Book devaysining ikkinchi avlodi vakilidir.

O‘QING: Samsung "iPad qotili" -- Galaxy Book'ning narxi va sotuv sanasini e’lon qildi

Samsung Galaxy Book 2 rusumli ikkinchi avlod transformer bir gigabitlik LTE-modul va sig‘imdor batareyaga ega. Uning diagonaliga 12 dyuymlik, sensorli Super AMOLED-displeyi 2160x1440 piksellik tasvir aniqligiga ega. Planshetning «elektron yuragi» – sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 850 ARM-protsessori esa 2,9 GGs takt chastotasida ishlay oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi protsessor birinchi avlod «Galaktika kitobi»dagi Snapdragon 835 platformasidagiga nisbatan 30 foizga oshgan. Qurilmaning samaradorligini ta’minlashda bu chipga 4 gigabaytlik tezkor xotirasi jo‘rlik qiladi. Planshet-transformerning doimiy xotirasi esa 128 gigabayt hajmga ega.

Galaxy Book 2 ikkita USB Type-C porti, quloqchin uchun 3.5 millimetrlik audiotirqish, microSD formatidagi xotira kartasi uyachasi hamda barmoq izi skaneri bilan ta’minlangan. Gibrid planshetning audiotizimi sifatida esa AKG stereodinamiklari maydonga tushgan. Ovoz chipi Dolby Atmos texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Acer geymerlar uchun g‘ayrioddiy noutbuk-transformer ishlab chiqdi (+video)

Gibrid planshet ikkita kamera bilan ta’minlangan: asosiy sensor 8 megapiksellik, old kamera esa – 5 megapiksellik. Ikki diapazonli Wi-Fi modulidan tashqari, soniyasiga bir gigabit tezlikda ma’lumot almasha oluvchi LTE moduli ham bor. Akkumulyator sig‘imi aniq aytilmagan bo‘lsa-da, uning quvvati 20 soatgacha yetishi ta’kidlanmoqda.

Samsung Galaxy Book 2 plansheti S-rejimidagi Windows 10 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Foydalanuvchi istasa, uni operatsion tizimning oddiy rejimiga o‘tkazishi mumkin, lekin keyin uni S-rejimiga qaytarib bo‘lmaydi.

Planshet-transformerning texnik xususiyatlari esa quyidagicha:

  • Displey: 12 dyuymlik, Super AMOLED (2160x1440);
  • Protsessor: sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 850 (4 x 2,96 GGs + 4 x 1,7 GGs);
  • Aloqa: Snapdragon LTE Cat. 18, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac (2,4+5 GGs);
  • Xotira: tezkor – 4 GB, doiimiy – 128 GB, yana microSD-karta qo‘yish mumkin);
  • Kameralar: asosiy – 8 MP, old – 5 MP;
  • Portlar: ikkita USB Type-C, 3,5 mm.lik audiotirqish;
  • Audio: AKG stereodinamiklari, Dolby Atmos texnologiyasi;
  • Operatsion tizim: Windows 10 S
  • Tizim himoyasi: daktiloskopik skaner;
  • O‘lchami: 287x200x73 mm;
  • Vazni: 840 gramm.

Samsung Galaxy Book 2 uchun AQShda allaqachon oldindan buyurtma olinmoqda, narxi – 1000 dollar. Buyurtmalarni yetkazib berish 2 noyabrdan boshlanadi. Jamlanmada planshetni noutbukka aylantirish uchun ulanuvchi klaviatura hamda S-pen stilusi ham mavjud.

Ayrim ishlab chiqaruvchilarning turli modellardagi planshet va noutbuklarini esa Terabayt.uz internet-do‘konimizdan onlayn xarid qilishingiz mumkinligini ham eslatib o‘tamiz.

O‘QING: Eng ishonchli kompyutersozlar reytingi e’lon qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.