Samsung Galaxy M20 va Galaxy M30 – hamyonbop smartfonlarmi yoki o‘rta narxli?

  •   DiMaX
  •  4585
  •  12.11.2018 13:00

Samsung Galaxy M20 va Galaxy M30 – hamyonbop smartfonlarmi yoki o‘rta narxli?

Janubiy koreyalik gigant o‘zining yangi – Galaxy M turkumidagi smartfonlarini tayyorlashga kirishayotgani haqida yozganmiz. Endi ma’lum bo‘lishicha, u birvarakayiga Galaxy J, Galaxy On hamda Galaxy C turkumi o‘rniga joriy etiladi.

O‘QING: Samsung hamyonbop Galaxy J smartfonlaridan butunlay voz kechmoqchi!

Insayderlar mazkur turkumda dastlab ikkita model tayyorlanayotganini aytishmoqda. Ular SM-M205F va SM-M305F raqamlari ostida sinovlardan o‘tkazilayotir. Aftidan, bu ikki qurilma bozorga Galaxy M20 va Galaxy M30 nomi ostida taqdim etiladi.

Yana «sizib chiqqan» xabarlarga qaraganda, Galaxy M20 modeli 32 va 64 gigabaytlik, Galaxy M30 esa 64 va 128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega talqinlarda chiqariladi. Ularda ikkita SIM-karta uchun uyacha bo‘ladi, ayrim mamlakatlar uchun bitta «simka»li versiyalari ham chiqarishi mumkin.

Galaxy M20 va Galaxy M30 qachon taqdim etilishi, shuningdek qaysi narx toifasiga mansub bo‘lishi hozircha noma’lum. Modomiki biryo‘la Galaxy J, Galaxy On va Galaxy C turkumi o‘rniga chiqayotgan ekan, ular o‘rta narxli bo‘lishi ehtimoli yuqoriroq.

Samsung’ning dunyo bozoriga chiqarilgan turli rusumlardagi boshqa smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!