Samsung Galaxy Note 9 va Galaxy S9: qaysi birining kamerasi zo‘r

  •   Saroy
  •  1754
  •  10.09.2018 15:47

Samsung Galaxy Note 9 va Galaxy S9: qaysi birining  kamerasi zo‘r

Smartfonlarning kameralarini testdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi DxOMark servisi egasi  bo‘lmish DxO Labs kompaniyasi avgust oyi oxirida namoyish qilingan Samsung Galaxy Note 9 smartfoniga baho berdi.

Garchi tavsifiga ko‘ra, Galaxy Note 9 va Galaxy S9 Plus kameralari bir xil bo‘lsa-da, ammo har qalay Note 9 kamerasida suratlar yaxshiroq chiqarkan. Bu ayniqsa, HDR rejimida ranglarni berish aniqligi, avtofokusni detallashtirish, yaqinlashganda raqamli zumga tegishlidir.

O‘QING:Terashop.uz’dan 999 000 so‘mgacha narxga qanday smartfonlar olish mumkin?

Galaxy S9 Plus bilan solishtirganda, mutaxassislar avtofokusning uzluksizligi va kuzatuvning aniqligi ancha yaxshilanganini qayd etishdi, qolaversa ularning fikricha, tasvirni barqarorlashtirish, zum bilan ishlash va yonboshni real imitatsiya qilish borasida ham ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bergan.

O‘QING:Hamyonbop Galaxy J turkumida ikkita yangi smartfon, bittasining jihatlari ham ma’lum!

Samsung Galaxy Note 9 kamerasi o‘rtacha 103 ball oldi. Toza suratga olish imkoniyati 107 ballga ega bo‘ldi,  video esa  94 ball to‘pladi. Taqqoslash uchun, Galaxy S9 Plus olgan yakuniy natija 99 ballni ko‘rsatgan, undan 104  foto uchun va 91 video uchun berilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.