Samsung Galaxy Note10+ bilan tanishamiz

Samsung Galaxy Note10+ bilan tanishamiz

Bo‘limlar:
1. Umumiy ma’lumot va qadoq tarkibi;
2. Dizayn va korpus;
3. Laboratoriya sinovlari;
4. Sintetik testlar va ishlashi;
5. Kamera sifati, interfeysi;
6. Muqobillar, afzallik va kamchiliklari.

O‘tgan yilgi Galaxy Note 9 mijozlar kutgan darajada bo‘lmadi: uning Note8'dan farqi unchalik ham katta bo‘lmagan edi. Shunga qaramay, smartfon yaxshi kutib olingan, sababi nima qilsa ham, u Note flagmani-da. Bu yilgi Note10 va Note10+ lar esa Samsung'ning noan’anviy flagmanlaridan bo‘ldi va o‘z o‘rnida anchagina bahslarga ham sabab bo‘ldi.
Qizg‘in muhokamalarga asosiy sabab 3.5 millimetrli audio jekning olib tashlangani bo‘ldi. Ha, Samsung quloqchin uyasidan voz kechgan eng oxirgi smartfonsozlardan bo‘ldi — Note10 ham, uning Plus talqini ham audio jekdan mahrum etildi. Xayriyatki, microSD karta uyasi olib tashlanmadi.

Bundan tashqari, ishqibozlar Note10+ barcha jihatlar: akkumulyator avtonomligi, displey, kamera sifati, quvvatlanish tezligi va odatdagidek, S-Pen borasida anchayin takomillashgan smartfon bo‘lishini kutadi.

Texnik ma’lumotlari:

O‘lchamlari, vazni va korpusi: 162.3 x 77.2 x 7.9 mm; 196 gramm; old va orqa panelda qayrilma Gorilla Glass shishasi; metalldan ishlangan yon tomon hoshiyasi.
Ekran: 6.8 dyuymli dinamik AMOLED, rezolyusiyasi: 1440 x 3040 piksel, bo‘yiga va eniga nisbati: 19:9; ~498 piksel/dyuym; HDR10+ qo‘llab-quvvatlanishi.
•Chipi (bozorga qarab farqlanadi): Exynos 9825 (7 nanometrli) (Yevropa, O‘rta Sharq, Afrika/Lotin Amerikasi davlatlarida): sakkiz yadroli (2x2.73 GHz Mongoose M4 & 2x2.4 GHz Cortex-A75 & 4x1.9 GHz Cortex-A55); Mali-G76 MP12.
Snapdragon 855 (7 nanometrli): sakkiz yadroli asosiy protsessor (1x2.8GHz & 3x2.4GHz Kryo Gold & 4x1.7GHz Kryo 485 Silver); Adreno 640 grafik protsessori.
Xotira sig‘imi: 12GB tezkor, 256/512GB doimiy UFS 3.0 standartidagi xotira.
Operatsison tizimi: Android 9.0 Pie asosidagi One UI.
Orqa kamerasi: keng (asosiy): 12 megapiksel, 1/2.55" linzasi, f/1.5-2.4 diafragmasi, 26 millimetrga teng fokus uzunligi (77° ko‘rish maydoni), qo‘sh piksel PDAF, OIS. Telefoto: 12 megapiksel, 1/3.6" linzasi, 52 mm ga teng fokus uzunligi (45° ko‘rish maydoni), PDAF, OIS. O‘ta keng burchakli: 16 megapiksel, f/2.2 diafragma, 12 mm ga teng fokus uzunligi (123° ko‘rish maydoni), doimiy fokus, sath ma’lumoti uchun 3D parvoz vaqti (ToF) videografika matritsa (VGA) kamerasi.
Old kamerasi: 10 MP, f/2.2, 26 mm (keng), 1.22µm, qo‘sh piksel PDAF, 2160p rezolyusiyada soniyasiga 30 kadrli video yozuv.
Akkumulyatori: 4 300 mA/soat, Power Delivery orqali 45 vattli quvvatlash (qadoqdagi adapter 25 vattli bo‘ladi).
Boshqa: 1 terabaytgacha bo‘lgan microSD karta qo‘llab-quvvatlanishi; 15 vattli simsiz Tezkor Qi/PMA zaryadlash; boshqa smartfonni 9 vattda simsiz quvvatlash; S-Pen ruchkasi; ultratovushli ekranosti barmoq izi skaneri; NFC; FM radio (faqat AQSh va Kanada uchun chiqarilgan talqinida); Stereo karnaylar, Samsung DeX qo‘llab-quvvatlanishi (kompyuter amaliyoti).

Yuqoridagi ma’lumotlardan o‘zingiz ham ko‘rib turganingizdek, smartfondagi eng katta o‘zgarishlardan biri bu ekran hajmi va kamera tirqishidir. Yon tomon qayrilma hoshiylari hamda yuqori va pastki tomondagi ingichka romlar sabab ishlab chiqaruvchi korpusga anchayin katta hajmli ekranni sig‘dira olgan. Smartfon dizayni borasidagi eng so‘nggi trendlarning kuchli ishqibozi bo‘lganlarga esa tirqish kamera Galaxy S10'lardagi kabi chetki tomonga emas, balki o‘rtaga joylashtirilganligi yoqib tushadi.
O‘zgarishlarni yoqtirmaydiganlar Note10+ dan behafsala bo‘lgan bo‘lsa ham, qurilma haqiqiy kuchli devays ekanligi va 2019 yilgi trendlarga (faqat ijobiy trendlarga bo‘lmasa ham) mos ekanligini rad etib bo‘lmaydi. Lekin xulosa chiqarishdan oldin, qani, ko‘raylikchi, smartfon insayderlar sinovida o‘zini qanchalik yaxshi ko‘rsatar ekan. U yog‘i bir gap bo‘lar.

Qadoq tarkibi

Smartfon o‘ta nafis dizaynli qora qutida sotiladi va uning ichida siz kutgan deyarli hamma narsa bor. Deyarli deyishimizga sabab shuki, odatiy aylana jekli quloqchinni USB-C portga ulab beradigan adapter yo‘q; uni alohida xarid qilishingizga to‘g‘ri keladi.

Xo‘p, endi qadoqda bor komponentlarga o‘tsak. Ishlab chiqaruvchi smartfon bilan birga quyidagilarni taqdim qiladi: Power Delivery 3.0 standartini qo‘llab-quvvatlovchi har ikki tomoni USB-C bo‘lgan kabel va shu standartdagi 25 vattli quvvatlagich-adapter va AKG quloqchin.Shunday qilib, bizning Samsung'dan yagona shikoyatimiz atigi 5 dollarlik audio donglni qadoq tarkibiga qo‘shib qo‘ymaganligida. Ha, aytgancha, qurilmangizning quvvatlanish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmoqchi bo‘lsangiz, 45 vattli tezkor quvvatlovchi adapter uchun ham alohida mablag‘ sarflashingizga to‘g‘ri keladi.
Keyingi bo‘lim: Dizayn va korpus

Xulosa

8.8балл

Дизайн

Аккумулятор

Камера

Процессор

Нархи

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz (Note10) UZS 9 480 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

  • Катта экран
  • Тезкор қувватлш технологияси
  • Ўзига хос S-Pen

 Kamchiligi

  • Жонли видеода боке эффекти яхши эмас
  • Камера бозордаги энг яхшиси эмас
  • Ўта қиммат
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.