Samsung Galaxy S10’ning uchta modelida ham daktiloskopik datchik ekranning o‘ziga joylanadi!

  •   DiMaX
  •  2611
  •  27.08.2018 18:40

Samsung Galaxy S10’ning uchta modelida ham daktiloskopik datchik ekranning o‘ziga joylanadi!

Janubiy koreyalik gigant o‘zining yubiley – o‘ninchi «galaktika» flagmanini uch xil talqinda chiqarmoqchi ekanidan xabaringiz bor. Ularning asosiy jihatlari haqidagi insayderlik ma’lumotlarini ham berganmiz.

O‘QING: Uch xil talqindagi Galaxy S10’ning asosiy xususiyatlari oshkor bo‘ldi

Yangi xabarlarga qaraganda, Samsung Galaxy S10 turkumidagi uchta smartfonda ham barmoq izi skaneri bevosita displeyning o‘ziga integratsiya qilinar ekan. Avval bunday xususiyat faqat Samsung Galaxy S10 hamda Galaxy S10+ modellarida bo‘lishi, ularning «kichik» talqinida esa daktiloskopik datchik korpusning yon qirrasidagi tugmachaga joylanishi aytilgan edi.

Aytilishicha, ikkita «katta» modelda Qualcomm ishlanmasi bo‘lgan ultratovushli skaner qo‘llanadi. «Kichkina»sida esa optik daktiloskopik sensor bo‘lishini ta’kidlashmoqda.

Ushbu ma’lumotlar yangi modellar uchun displeylarni tayyorlayotgan kompaniyaning rasmiy vakillaridan olingan, deyishmoqda. Aftidan, bu yerda gap Samsung Display haqida ketayotir.

O‘QING: Kuting! Ekranda barmoq izlari skaneri endi arzon smartfonlarda ham bo‘ladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!