Samsung Galaxy S11e'ning ham renderlari paydo bo‘ldi

Samsung Galaxy S11e'ning ham renderlari paydo bo‘ldi

Galaxy S11'ning kompyuter yordamida yaratilgan renderlari paydo bo‘lganidan ko‘p vaqt o‘tmay Galaxy S11e'ning ham renderlari chiqdi.

Ushbu tasvirlar rasmiy emas, lekin Galaxy S11e qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi asosli taxminlarga asoslangan holda ko‘rsatilgan.

Smartfonning bir qarashda e’tiborni tortadigan jihati markazda joylashgan aylana tiriqishli selfi kamerasidir.Galaxy S10e'ning davomchisiga uchinchi kamera ham qo‘shilgan. Bu telefoto kameraning biror bir turi bo‘lishi kerak. Yana bir asosiy farq ekranning biroz qayrilganidadir — Galaxy S10e'ga tekis panel o‘rnatilgan edi.Qurilmaning o‘ng yonida quvvat va ovoz balandligi nazorati tugmalari joylashgan. E’tibor bergan bo‘lsangiz, quvvat tugmasiga barmoq izi skaneri o‘rnatilmagan. Bundan chiqdi, gadjetning barmoq izi skaneri ekran ostida bo‘ladi.11 fevralda taqdim qilinishi kutilayotgan Galaxy S11e displeyining diagonali 6.2 yoki 6.3 dyuymli bo‘lishi kerak, akkumulyator sig‘imi esa S10e'dagi 3 100 mA/soatdan 4 000 mA/soatgacha oshishi mumkin.

Flagmanligini hisobga olib taxmin qilishimiz mumkinki, Galaxy S11e Snapdragon 865 yoki Exynos 990 chipida ishlaydi, xotira sig‘imi esa 6/128GB, 8/256GB bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Samsung Galaxy S11e'ning hajmi biroz kichik bo‘ladi: 151.7 x 69.1 x 7.9 mm. Ya’ni bo‘yiga Galaxy Note10 (Plus emas) bilan teng, eniga esa anchayin kichikroq bo‘ladi. Kamera modulining qanday linzalardan tashkil topishi hozircha yopiq kitob bo‘lib turibdi. Biroq gadjetning asosiy kamerasi 108 megapikselli bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas, sababi 108MP Galaxy S11 lineykasining asosiy urg‘u beriladigan jihati bo‘lishi kutilmoqda. Qolgan ikkita modul esa periskopik bo‘lmagan telefoto va ultra keng burchakli linza bo‘lishi kerak.

O‘QING: Samsung Galaxy S11+ Geekbench'da o‘z kuchini ko‘rsatdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!