Samsung Galaxy S9 benchmarkda 7787 ball to‘pladi

  •   DiMaX
  •  2133
  •  20.11.2017 15:13

Samsung Galaxy S9 benchmarkda 7787 ball to‘pladi

Kuni kecha Geekbench benchmarkida SM-G960F model raqamiga ega qurilma testdan o‘tkazib ko‘rilgan. Bu – Samsung Galaxy S9 smartfonidir, deb yozadi GizChina.

O‘QING: Samsung Galaxy S9'ning ilk render-suratlari tarqaldi

Yakka kristalli Exynos 9810 tizimi bilan jihozlangan ushbu yangi qurilma ajoyib ko‘rsatkichlarni namoyon etgan. Bir yadroli sinovda Galaxy S9’ning natijasi 2680 ball bo‘lsa, ko‘p yadroli testda u 7787 ball to‘play olgan.

Sinovdan o‘tkazilgan devaysning tezkor xotirasi hajmi 4 gigabaytga teng. Benchmarkdagi qaydga ko‘ra, u Android 8.0 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

O‘QING: Galaxy S9’ga boshqa smartfonlarda umuman bo‘lmagan bir datchik ham qo‘shiladi

Aytish kerakki, ushbu gadjetdan tashqari, savdoga yana yakka kristalli Snapdragon 845 tizimi bilan jihozlangan Samsung Galaxy S9 talqini ham chiqariladi. Insayderlarning ma’lum qilishlaricha, Samsung Galaxy S9 samaradorlikda iPhone X hamda boshqa barcha Android-flagmanlarni dog‘da qoldiradi.

O‘QING: Galaxy S9'ning iPhone X va boshqa flagmanlarni dog‘da qoldiradigan jihati ma’lum bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy S9 shu yilning dekabridan ommaviy ishlab chiqarishga joriy etiladi. Uning taqdimoti esa 2018 yilning fevralida bo‘lib o‘tishi kutilayotir. Smartfon korpusning orqa panelida barmoq izi skaneriga, old paneldagi kameralar orqali foydalanuvchining yuzini tanish tizimiga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

O‘QING: Galaxy S9’da eng ko‘p kutilgan funksiya umuman bo‘lmasligi mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!