Samsung Galaxy smartfonlariga kastom proshivkani qanday o‘rnatamiz?

  •   Saroy
  •  969
  •  19.05.2018 12:33

Samsung Galaxy smartfonlariga kastom proshivkani qanday o‘rnatamiz?

Agar smartfoningiz yoki planshetingizga  kastom proshivka o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz ushbu yo‘riqnoma bilan yaxshilab tanishib oling. Shunda Android’da ishlaydigan Samsung Galaxy Note 4, Note 5, Galaxy Tab, Galaxy S6, A5 va boshqa smartfon yoki  planshetlarga kastom proshivkani qiynalmasdan o‘rnata oladi.

Kutganingizdek, siz avval takomillashtirilgan rekaveri o‘rnatib olishingiz kerak. Yo‘riqnomaga e’tibor qilsangiz bu ishni amalga oshirish umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Demak, qurilmangizga TWRP-rekaveri o‘rnatdingiz, endi proshivkani boshlasak bo‘ladi. Ammo shu narsaga ishonch hosil qilingki, qurilma xotirasidagi barcha muhim ma’lumotlar xavfsiz joyga o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Telefondagi jarayon tugagandan keyin barcha aloqalar, xabar va qo‘ng‘iroqlar ro‘yxati o‘chib ketadi. Shu bois joriy proshivkadan zaxira nusxa qilib qo‘yishingiz kerak.

O‘QING: Samsung Galaxy qurilmasida boshlang‘ich proshivkani tiklash mumkinmi?

  1. Smartfoningiz 70 foizdan yuqori quvvatlangan bo‘lishi kerak (proshivka qilinishi oldidan to‘liq quvvatlangan bo‘lsa ham yaxshi bo‘ladi).
  2. Shunday qilib, siz zip-arxiv formatidagi smartfon modeliga kerakli proshivkani topdingiz va yukladingiz hamda uni SD-kartaga yoki qurilmaning ichki xotirasiga joylab oldingiz. Bu amalni hali bajarmagan bo‘lsangiz, tezda bajaring. Agar proshivka uchun Gapps (Google Apps) kerak bo‘lsa, u proshivka sahifasida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
  3. 95 foiz proshivkalarning Google Apps’i bo‘ladi. Biroq, masalan, CyanogenMOD va AOSP ham bo‘lishi mumkin, ularga Gapps’ni alohida qo‘yish kerak bo‘ladi. Shu bois ularni kerak bo‘lsa ko‘chirib olib smartfonga yuklaymiz, xuddi bungacha proshivka fayllari bilan qilinganidek. Birok, hatto proshivka uchun Gapps kerak bo‘lgan taqdirda ham uni o‘rnatmadingiz –qo‘rqinchli tomoni yo‘q, shnchaki sizda Google’ning ilovasi bo‘ladi. Istagan vaqtda Gapps’ni alohida o‘rnatishingiz mumkin, shu bois xavotir olishga hojat yo‘q.
  4. Endi Recovery rejimiga o‘tamiz. Buning uchun apparatni to‘liq o‘chiramiz, so‘ngra “Gromkosti vverx”, “Domoy” va “Pitaniye” tugmalarini bosgan holda ushlab turamiz. Ekranda logo paydo bo‘lgandan keyin tugmani qo‘yib yuboring. (Agar qurilmangizda “Domoy” tugmasi bo‘lmasa, unda yuqorida qayd etilgan harakatlarni usiz ham amalga oshiravering). Shundan keyin rekaveriga yetib kelasiz. U shunday bo‘ladi: Siz TWRP asosiy ekranida turgan bo‘lsangiz, yangi proshivka o‘rnatayotganingizda oldingisini o‘chirib yuborish uchun “Wipe” menyusiga o‘ting. So‘ngra “Advanced Wipe”ni bosamiz va “Dalvik Cache”, “System”, “Data”, “Cache” qarshisiga belgi qo‘yamiz. Agar  “Internal Storage”ni ham tanlasangiz, u holda gadjetning ichki xotirasini formatlashtiring (agar “Micro SD Sard” bo‘lsa, unda fleshkani). Ammo, tanlangan bo‘limni o‘chirib tashlash uchun ekranning pasida turgan polzunkani chapdan o‘ngga olib o‘tishimiz kerak. Jarayonning tugashini kutamiz.

O‘QING: Samsung Galaxy’da qayta tiklanish rejimiga (Recovery Mode) qanday kirish mumkin?

Asosiy ekranga o‘tamiz va “Install” punktini tanlaymiz. Keyin manzil bo‘yicha  proshivka fayli joylashgan joyni qidiramiz va tanlash uchun uni bosamiz. Tanlangan dastur ta’minotini o‘rnatish jarayonini boshlash uchun ekranda paydo bo‘lgan polzunkani chapdan  o‘ngga olib o‘tamiz. Bir necha daqiqadan keyin muvaffaqiyat bilan  o‘rnatilganligi haqida xabarni ko‘rasiz. Agar sizga Gapps’ni o‘rnatish kerak bo‘lmasa,  “Reboot Now” tugmasini bosamiz, keyingi punktni o‘tkazib yuboramiz va 12 punktga o‘tamiz. Agar Gapps kerak bo‘lsa, u holda "Nazad" va "Home" strelkasini bosamiz va yo‘riqnoma bo‘yicha harakatni davom ettiramiz. Agar proshivka uchun Gapps kerak bo‘lsa, unda 7, 8 va 9 punktini takrorlang, faqat proshivkali ZIP-fayl o‘rniga Gapps faylni tanlang, odatda ular shunday va gapps.zip, deb ataladi. Uni o‘rnatib olganimizdan keyin “Reboot Now” tugmasini bosamiz . Tayyor! Samsung Galaxy qayta yuklanadi.

Shuni ham bilib qo‘yishingiz kerakki, qurilmani birinchi bor yuklash har doim odatdagidan ko‘proq vaqt davom etadi. Shu vaqt mobaynida qo‘z oldingizda bir xil tasvirlar yoki animatsiya ko‘rinib turaveradi va siz  smartfonim qotib qoldi yoki yuklanmayapti, deb o‘ylaysiz. Xavotir olmang, shunchaki biroz kuting (odatda 3-5 minut, ba’zi hollarda yana ham ko‘proq). So‘ngra  qurilmangizni dastlabki sozlashni  yakunlash qoladi, xalos.