Samsung Galaxy Tab S4 tarixdagi birorta planshetda yo‘q inqilobiy xususiyatga ega bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  1588
  •  13.06.2018 17:13

Samsung Galaxy Tab S4 tarixdagi birorta planshetda yo‘q inqilobiy xususiyatga ega bo‘ladi

Yaqin orada taqdim etilishi kutilayotgan planshetlardan biri Samsung Galaxy Tab S4 modeli bo‘ladi. SamMobile nashriga ko‘ra, ushbu qurilmaga inqilobiy bitta jihat joriy etiladi.

O‘QING: Samsung Galaxy Tab S4’ning texnik xususiyatlari fosh bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, Galaxy Tab S4 allaqachon ushbu kompaniyaning  flagman smartfonlariga tatbiq etilgan xususiyat – ko‘z yoyi skaneri bilan kuchaytiriladi. Tabiiyki, unga dasturiy ta’minot darajasidagi Face Unlock qiyofa skaneri ham tatbiq etiladi. Natijada mazkur planshet to‘laqonli yuz skaneriga ega bo‘ladi; faqat unda asosiy e’tibor ko‘zning rangdor pardasiga qaratiladi.

Galaxy Tab S4 iste’molchilar segmentiga mo‘ljallangan mana shunday xususiyatga ega ilk planshet bo‘lishi kutilayotir. To‘g‘ri, ko‘z yoyi skaneri 2016 yili taqdim etilgan Galaxy Tab Iris modelida ham bor edi, ammo bu qurilma faqat korporativ bozorga mo‘ljallangandi.

Bundan tashqari, SamMobile’ning yozishicha, yangi plansheti uchun Samsung maxsus dok-stansiya ham ishlab chiqaradi. Uning sharofati bilan Galaxy Tab S4’ni monitorga ulash va undan to‘laqonli ofis kompyuteri sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: 2018 yilning eng zo‘r Android-plansheti bilan tanishing!