Samsung hamyonbop smartfonlarining kamerasini yaxshilamoqchi

  •   DiMaX
  •  845
  •  20.05.2020 09:57

Samsung hamyonbop smartfonlarining kamerasini yaxshilamoqchi

Janubiy koreyalik gigantning Galaxy A turkumi smartfonlari uning flagmanlaridan ham, boshqa brendlarning ko‘plab modellaridan ham ommabop. Galaxy A51 modeli esa yilning ilk choragida dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan Android-smartfon bo‘ldi.

O‘QING: Yangi hamyonbop smartfon – Galaxy A11 sotuvga chiqdi, narxi bilan tanishamiz

SamMobile nashrining Janubiy Koreyadagi manbalariga ko‘ra, Samsung o‘zining o‘rta narxli smartfonlarining kamerasini yaxshilamoqchi. Ya’ni, Galaxy A turkumidagi bir nechta modellarga tasvirni optik barqarorlashtirish funksiyasi qo‘shiladi.

Xabarga ko‘ra, OIS tizimi shu yilning ikkinchi yarmida taqdim etiladigan yangi rusumlardagi Galaxy A smartfonlarida bo‘ladi. Samsung shu paytgacha smartfon narxini oshirib yubormaslik uchun bunday qilmasdan kelayotgandi.

Aftidan, endi vaziyat o‘zgaryapti: yo OIS qismlarining narxi pasaygan, yoki kompaniya har bir smartfondan oladigan foydasi kamroq bo‘lsayam bozorda o‘zining umumiy ulushini oshirib olmoqchi. Ayniqsa hozir – AQShning yangi sanksiyalari sababli Huawei kompaniyasining ishi yurishmayotgan paytda Samsung fursatdan foydalanib qolishi mumkin.

O‘QING: Samsung, Apple, Xiaomi va Huawei har bir smartfondan qancha sof daromad ko‘radi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!