Samsung haqida siz bilgan va bilmagan faktlar!

Samsung haqida siz bilgan va bilmagan faktlar!

Mobil olamning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lmish Samsung mobil va elektronika sohasida gigant kompaniyaga aylanib ulgurgani hech kimga sir emas. 1938-yilda asos solingan kompaniya mana shu davrga qadar katta o‘zgarishlarni boshdan kechirdi, shuningdek, butun dunyo bozorlariga innovatsiyalarni olib kirgani holda ulkan burilishlarga sabab bo‘ldi.

Samsung'ning tarixi juda qiziq. Uning hikoyasi yorug‘ va qorong‘u kunlarga to‘la. Keling, endi gapni qisqa qilib, koreys giganti haqida bir qator qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lsak.

Asoschi Li Bying-chul kompaniyaning katta ahamiyat kasb etishiga ishonardi. "Samsung" nomi ham aynan shu e’tiqodni o‘zida aks ettirgan. Koreys tilida "Uch yulduz" ma’nosidagi brend nomi ushbu xalq madaniyatida katta, ulkan va qudratli kabi tushunchalar ramzi sanaladi.

Qizig‘i, bu o‘sha paytda 40 tagina ishchisi bo‘lgan mahalliy mahsulotlar va ugra bilan savdo qiluvchi kichik bir korxona uchun juda katta iddao edi. Shu davrdan buyon kompaniya lag‘mon biznesidan kattaroq faoliyat bilan shug‘ullanishga kirishdi.

O‘QING: Nihoyat, Galaxy Note 10 taqdimot kunini Samsung rasman e’lon qildi (+video)

Samsung'ning ishchilari soni 489 mingdan ziyod

Balkim, bundan xabardorsiz, balkim yo‘q, lekin koreys korporatsiyasi faqatgina elektronika yoki mobil qurilmalar bilan cheklanib qolgan emas. Samsung Group'ga qarashli listingi o‘tkazilmagan 59 ta va listing qilingan 19 ta kompaniya mavjud bo‘lib, ularning hammasi, asosan, Koreya fond birjasida savdo qiladi. Bular qatoriga qurilishdan tortib, moliya, kemasozlik va hattoki tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan kompaniyalar ham kiradi. Yuqoridagi tarmoq korxonalari ishchilarining umumiy soni 80 ta mamlakat bo‘ylab 489,000 dan ortiq xodimlarni tashkil etadi.

Burj Khalifa

Samsung haqida yana bir jihat ahamiyatlidir: Dubayda qad rostlagan dunyodagi eng baland bino sanaluvchi Burj Xalifa osmono‘pari aynan Samsung'ning qurilish bilan shug‘ullanuvchi "qizaloq kompaniya"si tomonidan qurilgan.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy A90 flagmani eng kutilayotgan texnologiyadan mahrum ekan!

Samsung Group Koreya YaIMning katta qismini tashkil qiladi

Hozirgina Samsung Group tarkibiga qancha kompaniya va ishchi xodim kirishi haqida ma’lumot berib o‘tdik. Bularning barchasi Samsung, o‘zi joylashgan Janubiy Koreya davlati yalpi ichki mahsulotining anchagina qismini tashkil etishini anglatadi, albatta. 2017 yilda CNN nashri Samsung Group Koreya YaIMning 15% ulushiga egalik qilishi haqida ma’lumot bergan edi. Hozirda esa, Koreya fond birjasida Samsung Group'ning subsidiyalari 20% ulushga ega. Bu ulushning katta qismini esa birgina Samsung Electronics bo‘limi tashkil qiladi.

Samsung'ning elektronika sohasiga kirib kelishi 1970-yilgi oq-qora televizor bilan bo‘ldi

Samsung yaratgan ilk elektron qurilma bu 1970-yilgi rangsiz televizor edi. Keyingi o‘n yilliklar ichida esa kompaniya sezilarli darajada kengayib, o‘zining 1986-yilgi avtomobilga o‘rnatiluvchi telefoni bilan mobil olamga qadam tashladi. Kompaniyaning dastlabki oynai jahon qurilmalarini iste’molchilar iliq kutib oldi, biroq telefon apparati esa tijoriy jihatdan muvaffaqqiyatsiz bo‘ldi.

Samsung'ning logotipi atigi 3 marta o‘zgartirilgan

Kompaniya logotipi 70 yillardan oldin bir necha marta o‘zgartirilgan bo‘lsa-da, bu davrdan so‘ng, ancha barqaror bo‘lib keldi. 1993-yilda hozirgi logotip yaratilgan, shu bilan Samsung o‘z logotipini 3 marta o‘zgartirgan, xolos.

O‘QING: Apple yetarlicha iPhone sotolmagani uchun Samsung’ga yuz milliard jarima to‘lashi kerak... Qanaqasiga!?

Samsung Electronics kompaniyasining haqiqiy faoliyati 1993-yilda boshlangan

Samsung bir necha o‘n yillardan buyon elektronika mahsulotlari biznesi bilan shug‘ullanib kelayotgan bo‘lsa-da, faqatgina 1993-yilga kelib kompaniya Raisi Li Kun Hi tashabbusi bilan mahsulot sifatini ta’minlashni eng ahamiyatli jihatga aylantirish siyosti ilgari surildi. U o‘z xodimlaridan "oilalaridan boshqa hamma narsani" o‘zgartirishni so‘ragan. Bu siyosatni amalga oshirish uchun Samsung Kadrlar bo‘limi rivojlanish markazi ishchi-xodimlar uchun kasbiy treyninglar ham tashkillashtirgan.

1995-yilgacha o‘zgarish bo‘lmadi...

1995-yilga kelib, kompaniyada hali hanuz hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmagan edi va janob Li mahsulot sifatidan qoniqish hosil qilmaydi. O‘z siyosatini amalga oshirish uchun u o‘zlari ishlab chiqargan telefon, televizor, faks apparat va boshqa texnikalarni bir joyga tog‘dek qilib yig‘diradi. So‘ng, direktorlar kengashidagilar bilan bu texnikalarning har birini bolg‘a va boshqa qurollar yordamida parcha-parcha qilib tashlaydi.

Li bu voqeani tomosha qilish uchun 2000 nafar xodimini ham o‘sh joyga chaqirtirib, hozir qilgandi. Bu voqea natijasida 50 mln dollar miqdoridagi qurilmaviy ta’minot vositalari kuli ko‘kka sovurilgan va talafot yangi Samsung'ning dunyoga kelishiga sabab bo‘ldi. Shundan so‘nggina "Uch yulduz" uchun yangi boshqaruv davri boshlandi, izchil rivojlanish kuzatildi, jahon bozorlarida ham muvaffaqiyatlarga erishildi va keyingi o‘n yilliklar ichida ham shunday bo‘lib qoldi.

Lee_Kun-hee

Samsung mijozlari janob Li va o‘sha voqeada ishtirok etgan boshqa dirketorlarga minnatdorchilik bildirishlari kerak. Sababi aynan ularning tavakkal qilishga bo‘lgan jasorati bugun mijozlar foydalanayotgan sifatli mahsulotlar sababchisidir. O‘sha kundan boshlab, kompaniya elektronika sanoatida o‘z innovatsiyalari bilan ko‘plab marotaba pionerlik qilib kelmoqda.

Ilk CDMA telefon

1996-yilda Samsung CDMA texnologiyasidan foydalanuvchi dunyodagi birinchi SCH-100 telefon modelini yaratdi. Foydalanuvchiga unchalik ham ko‘p qulaylik yaratmaydigan, GSMdek darajada emas, deb baholangan bo‘lsa-da, o‘sha davr uchun yangi standart bo‘lgan CDMAning GSMdan ba’zi afzalliklari bor edi.

SAMSUNG CSC

To‘g‘ri, hozir bunday bo‘lmasligi mumkin, biroq yangi texnologiyani sinab ko‘rishga qaror qilgani uchun Samsung tahsinga sazovordir.

Ilk soat-telefon

 Ha, to‘g‘ri, hozir smartfoningizni "bezovta qil"masdan Gear oilasi qurilamalari vositasida SMS xabar yozishingiz yoki telefon qo‘ng‘irog‘i amalga oshirishingiz mumkin, biroq aslida soat-telefonlar bozori, ancha oldin 1999-yilda boshlangan.

O‘ziga xos bu soat-telefonda nafaqat vaqtni ko‘rish, balki 90 daqiqagacha telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshrish mumkin bo‘lgan. Akkumulyator shu funksiyalarga xizmat qila olardi, xolos. Bu gadjetning ekraniga to‘xtalsak, soatga LCD tipdagi ortdan yorituvchi monoxrom displey o‘rnatilgan. Klavishli tugmalar ham bo‘lgan. Eng qizig‘i, xotirada saqlangan kontaktlarga ovozli buyruq orqali qo‘ng‘iroq qilish ham mumkin edi.

Gadjet muvaffaqiyatli chiqmadi, biroq Samsung Gear oilasi qurilmalaridan ancha oldin "smartwatch"lar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganligi juda ham hayratlanarli faktdir.

Samsung'ning smartfon ishlab chiqarishi Android yoki iOS chiqarilishidan oldin boshlangan

Samsung smartfon ishlab chiqarishda pioner bo‘lmasligi mumkin, biroq kompaniya bu sanoatga birinchilardan bo‘lib jiddiy kirishganligi bilan ahamiyatlidir. 2001-yilda koreys kompaniyasi AQSh bozorida rangli displeyli ilk cho‘ntak kompyuterini namoyish qildi. CPH-i300 nomini olgan qurilma Sprint telekommunikatsiya tarmog‘i uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Palm nomli operatsion tizimda ishlagan. Unda odatiy cho‘ntak kompyuterlarining barcha funksiyalari va bunga qo‘shimcha ravishda telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirish imkoni ham bor edi.

Samsung-palm

Shunday qilib, CPH-i300ni Samsung'ning AQSh bozori uchun ilk smartfon chiqarishga bo‘lgan harakati, deb baholash mumkin.

Samsung'ning eng ko‘p sotilgan telefoni E1100 dir

Samsung'ning eng ko‘p sotilgan telefoni siz taxmin qilgan telefon bo‘lmasligi mumkin: 2009-yili chiqarilgan E1110 modeli dunyo bozorini zabt etgan. 2012-yilda bu modelning ishlab chiqarilishi to‘xtatilgunga qadar 150 mln dona qurilma sotilgan. Bu ko‘rsatkich bilan esa E1110 butun dunyodagi eng ko‘p sotilgan sakkizinchi telefon bo‘lgan.

Samsung'ning eng ko‘p sotilgan smartfoni— Galaxy S4

Samsung ishlab chiqargan ikkinchi eng muvaffaqiyatli telefon bu butun dunyoda xaridlar soni bo‘yicha 14-o‘rinda turuvchi – Galaxy S4'dir. Smartfonni 80 mln foydalanuvchi xarid qilgan, bu ko‘rsatkich bilan esa u Samsung'ning smartfon sohasidagi o‘z rekordi bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, aqlli telefonlar savdosida hozirgacha S4 eng ko‘p sotilganlik reytingida iPhone 6, iPhone 6 Plus va Symbian OTida ishlovchi Nokia 5230 dan keyingi 3-o‘rinni egallab kelmoqda.

Samsung Android'ni sotib olishi mumkin edi, lekin. . .

Android fonlar haqida gapirar ekanmiz, bir jihat e’tiborga molikdir: Samsung'da Android startapini sotib olish imkoni bor edi, biroq buni qo‘ldan boy bergan.

O‘zining «Dahanaki jang: Apple va Google'ning janjallashishi va revolyusiya boshlashi» nomli kitobida Fred Vogelshteyn (Fred Vogelstein) 2004-yilda Android startapi ustida ishlayotgan jamoaning loyihani davom ettirish uchun mablag‘ qidirgan paytlari haqida so‘z borgan. Loyihaning 8 nafar barcha a’zosi Janubiy Koreyaga Samsung'ning 20 nafar ijrochi direktori bilan uchrshishga boradi. Jamoa direktorlar kengashiga o‘zining mobil telefonlar uchun operatsion tizim ishlab chiqish g‘oyasini ma’lum qiladi.

Biroq Android yaratuvchilaridan biri Endi Rubin (Andy Rubin)ning so‘zlariga ko‘ra, taqdimotdan so‘ng Samsung'dagilar bir og‘iz ham gapirmagan. Direktorlar bunday kichik startap bilan operatsion tizim yaratish mumkinligiga ishonchsizlik bilan qarashgan.

Ikki haftadan so‘ng esa jamoadagilar ayni taklifni Google'ga kiritadi va shunday qilib Google startapni 50 mln dollarga xarid qiladi. Keyingi yillar davomida Android jamoasi va Google hamkorlikda ishlab, OTni yaratdi. 2008-yil oktabr oyida tizim butun dunyoga namoyish qilindi. Samsung o‘sha paytda Android'ni sotib olganda qanday o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lishini bir o‘ylab ko‘rish kerak. Lekin bir narsa aniqki, agar xarid amalga oshirilganida, Android'ni hozir Google emas, balki Samsung boshqarayotgan bo‘lardi.

O‘QING: Tayvanda aqlli ko‘zoynaklar ishlab chiqarish qayta yo‘lga qo‘yildi. Google esa bunga befarq emas