Samsung ikkinchi buklamafonini videoda ko‘rsatdi: bu sizga Galaxy Fold emas!

  •   DiMaX
  •  1056
  •  30.10.2019 14:06

Samsung ikkinchi buklamafonini videoda ko‘rsatdi: bu sizga Galaxy Fold emas!

Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy Fold bukiluvchan smartfonini bir qator mashmashalardan so‘ng samarali sotmoqda. Samsung Developer Conference 2019 ko‘rgazmasida kompaniya uning ikkinchi avlodi konseptini namoyish etdi.

O‘QING: Samsung har ikki tomoniga bukiladigan ikkinchi buklamafonini noyabrdayoq ko‘rsatadi!

Galaxy Fold 2 modeli xuddi Motorola RAZR singari «raskladushka» tarzida – tikkasiga buklanadi. Yig‘ilgan holatida u juda ixcham, yoyilganida esa boshqa smartfonlarga nisbatan ancha cho‘zinchoq ko‘rinadi. Uning ekranida ham qayishqoq AMOLED-matritsa qo‘llanadi, lekin bu gal bukilish radiusi biroz kichik qilinyapti. Smartfon bukilganida ekranning ikki qismi bir-biriga tegib turadi, oraliq qolmagani sababli u yerga turli mayda zarralar kirib displeyni tirnamaydi.

Kompaniyaning birinchi buklamafoni – Galaxy Fold smartfon va planshetning gibridi bo‘lsa, ikkinchi qurilmasi umuman yangicha konstruksiyaga ega. Mana, uni Samsung tayyorlagan videoda ko‘ramiz:

Samsung hozircha bu smartfonning konseptinigina tayyorlagan, u ikkinchi avlod Galaxy Fold haqida umumiy ma’lumotlar beradi, xolos. Biroq uning umuman moddiy tugmachasi yo‘qligi, selfi-kamera esa ekranning o‘ziga joriy etilganligi qiziq baribir.

Janubiy koreyaliklar Galaxy Fold 2 modelini 2020 yilda rasman namoyish etishi kutilmoqda, ammo taqdimot sanasi va narxi haqida aniqroq ma’lumot yo‘q. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli rusumlardagi Samsung telefonlarini atigi 705 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!