Samsung inqilobiy Galaxy X buklama smartfoni uchun Infinity-V Display savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi!

  •   DiMaX
  •  629
  •  30.10.2018 16:31

Samsung inqilobiy Galaxy X buklama smartfoni uchun Infinity-V Display savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi!

Ko‘p yillar mobaynida smartfonsozlikda ekran tomonlari o‘zaro 16:9 nisbatda bo‘lishi standart sanalib kelgandi. Lekin o‘tgan yili chiqqan Samsung Galaxy S8 flagmanida bu ko‘rsatkich 18,5:9 bo‘lishidan tashqari, ushbu model Infinity Display ekanligi bilan ham ajralib turdi.

O‘QING: Samsung Galaxy S8: hozircha shundan yaxshisi yo‘q

Ayni damda esa janubiy koreyalik texnogigant o‘zining inqilobiy smartfoni – Samsung Galaxy X (yoki Galaxy F) modelini tayyorlayotganidan xabaringiz bor. U qayishqoq displeyli buklanuvchi korpusga ega ekanligi haqida ham ko‘p ma’lumotlar chiqqan.

O‘tgan haftada Samsung kompaniyasi Infinity-V Display savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazganligi bugun ma’lum bo‘lib qoldi. Bu aynan shu yangi qurilmada qo‘llanilayotgan – buklanuvchi displeyni anglatishini payqash qiyin emas. Zero, yangi nomdagi «V» harfi ekranning buklangan holatdagi shakliga ishora qilayotir.

Janubiy koreyalik kompaniya o‘zining inqilobiy smartfonini joriy yilning noyabr oyi boshida bo‘lib o‘tadigan Samsung Developer Conference (SDC) tadbirida ko‘rsatishi kutilayotir.

O‘QING: Samsung Galaxy X: koreyaliklar inqilobiy buklama smartfonning taqdimot kuni va hatto narxini ham aytishdi!

Kompaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Galaxy X modeli yoyilganida to‘laqonli planshet vazifasini bajara oladi. Mazkur yangicha gadjet Samsung Electronics o‘z faoliyatini olib borayotgan barcha mamlakatlar bozorlariga chiqariladi.

Shu paytgacha bozorga chiqarilgan turli modellardagi Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan qulay narxlarda olish imkoniyati mavjud. Bunda uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib onlayn buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish, haqini tovar qo‘lingizga tekkanidan keyin to‘lashingiz mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ham ma’qul kelishiga ishonamiz.

O‘QING: 650 000 so‘mdan boshlangan Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan oling – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi! (2018 yil 8 oktyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!