Samsung iOS 16 ning yana bir funksiyasini ko'chirib olgan(mi?)

Samsung iOS 16 ning yana bir funksiyasini ko'chirib olgan(mi?)

Samsung o'zining Galaxy S23 smartfonlarini One UI 5.1 versiyasi bilan taqdim qildi. Android 13 ga asoslangan One UI operatsion tizimining yangi versiyasi bir qancha afzalliklarga ega va ulardan biri suratdagi obyektlarni ajratib olish imkonini beradi.

Ha, endi siz One UI 5.1 bilan keladigan Galaxy S23 smartfonlarida suratlardagi obyektlarni orqa fonni qoldirgan holda qirqib olishingiz mumkin, xuddi Apple'ning iOS 16 tizimida bo'lgani kabi.

GIF: 9To5Google

Funksiya avtomatik ravishda yoqilgan bo'ladi. Undan foydalanish uchun Samsung Gallery ilovasini oching. Istalgan suratdagi obyektni bir necha soniya bosib tursangiz ajoyib animatsiya bilan obyekt suratdan ajralib chiqqanini sezasiz. Siz undan nusxa olishingiz yoki ulashishingiz yoki uni surat sifatida saqlab olishingiz mumkin. Xuddi iPhone'da bo'lgani kabi qirqib olingan obyektning orqa foni shaffof holatda bo'ladi.

Aytish kerakki, bu funksiyani videolar uchun ham qo'llash mumkin, faqat bunda video pauza qilingan bo'lishi kerak.

Ma'lum bo'lishicha, bu funksiya Galaxy S23 smartfonlari uchun eksklyuziv hisoblanadi. Samsung kechadan boshlab o'zining boshqa Galaxy smartfonlari yoxud Galaxy S22, S21 va S20 seriyasi, hamda, so'nggi avlod Galaxy buklafonlariga One UI 5.1 yangilanishini tarqatishni boshlangan. Uni qabul qilgan ayrim Reddit foydalanuvchilari yangi versiyada suratdan obyektlarni qirqib olish funksiyasi mavjud emasligini ta'kidlashmoqda.

O'QING: Meizu smartfonlar bozoriga qaytmoqda!