Samsung kompaniyasi endi “Apple” bilan hamkorlik qilmaydi

Samsung kompaniyasi endi “Apple” bilan hamkorlik qilmaydi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung kompaniyasi Apple`ning kelgusidagi flagmenlari uchun chiplar ishlab chiqarmasligini ma’lum qildi. The Electronic Times nashrining xabar berishicha, iPhone 7 smartfonlari uchun yagona chip yetkazib beruvchi Tayvanning TSMS kompaniyasi bo‘lishi kutilayapti.

Apple smartfonlari  A10 6 yadrolik chip bilan ta’minlanadi. Tayvanning TSMS kompaniyasi chiplarni 10-nanometrlik texnojarayon asosida ishlab chiqaradi.

TSMC kompaniyasi chip ishlab chiqarish sohasida yetakchilardan biri sanaladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur kompaniya ilk bor 10-nanometrlik texnojarayon asosida chip ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan kompaniya sanaladi.

Mazkur A10 chiplari nafaqat iPhone 7, balki yanada yirikroq bo‘lgan iPhone 7 Plus smartfonlariga ham o‘rnatiladi.

TSMC  vakilining qayd etishicha, “olma” kompaniyasi bilan hamkorlik avvaldan mavjud. iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlari uchun A8 chiplarini aynan mazkur kompaniya ishlab chiqargan.

Bundan tashqari aynan shu protsessorlar Apple TV`ning so‘nggi pristavkalariga ham o‘rnatilmoqda.

A10 yangi chiplarining ishlab chiqarilishi 2016 yilning iyun oyida boshlanadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.