Samsung, nihoyat, Galaxy Note 9’ning ilk rasmiy videolarini chiqardi

  •   DiMaX
  •  1648
  •  27.07.2018 17:12

Samsung, nihoyat, Galaxy Note 9’ning ilk rasmiy videolarini chiqardi

Janubiy koreyalik gigantning 9 avgustda taqdim etiladigan Galaxy Note 9 fableti haqida ancha-muncha ma’lumotlar chiqqan. Uning hatto «jonli» suratlari va videolarini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: EKSKLYuZIV: Galaxy Note 9’ni «g‘alati» qadog‘idan olib tomosha qilamiz! («jonli» video)

Kompaniya endi bu devaysning reklama kampaniyasini boshladi va u haqda birdaniga uchta videolavha chiqardi. Samsung bularning har birida smartfonning bittadan jihatini ta’riflab o‘tgan. Shuningdek, ishlab chiqaruvchi bu planshetofonini ilk bora «jonli» videoda rasman ko‘rsatgani ham e’tiborli.

Birinchi rolikda Galaxy Note 9’ning akkumulyatori baquvvat ekanligi maqtalgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, «quvvat toshi»ning tok sig‘imi 4000 mA/soatga teng.

Ikkinchi videolavhada esa mazkur planshetofonning ish samaradorligi yuqori ekanligi reklama qilingan:

Nihoyat, uchinchi videorolik Galaxy Note 9’ning doimiy xotirasiga bag‘ishlangan. Samsung’ning ta’kidlashicha, flesh-xotirada bo‘sh joy qolmaganligi haqidagi bildirishnomani bu fablet ekranida hech qachon ko‘rmaysiz.

Nima ham derdik, har holda, Samsung bu reklamalar turkumida raqiblarining ustidan kulmabdi-ku...

O‘QING: Samsung va Apple orasidagi reklama jangi: «Masxaraviy serial»ning yangi qismlari! (+3ta video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.