Samsung’ning bo‘lg‘usi bestselleri – Galaxy M30 savdoga chiqish sanasi, «beli baquvvat» Galaxy A50’ning esa narxi ma’lum bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  5159
  •  27.02.2019 10:01

Samsung’ning bo‘lg‘usi bestselleri – Galaxy M30 savdoga chiqish sanasi, «beli baquvvat» Galaxy A50’ning esa narxi ma’lum bo‘ldi!

Janubiy koreyalik texnogigant o‘tgan oyda Galaxy M turkumidagi ikkita arzon modelini namoyish etgandi. Endi esa ularning uchinchisi – Galaxy M30 smartfoniga navbat keldi.

O‘QING: Nihoyat, hamyonbop Galaxy M30 taqdimot sanasini Samsung rasman ma’lum qildi (+video)

Taniqli hindistonlik insayder Ishan Agarval (Ishan Agarwal) koreyalik korporatsiya rasmiy vakillaridan olingan ma’lumotni e’lon yildi. Unga ko‘ra, Samsung Galaxy M30 modeli 5 mart sanasidan sotuvga chiqadi. Uni dastlab Hindiston, keyin esa boshqa mamlakatlar bozorlariga taqdim etishadi, narxi taxminan 210 AQSh dollari atrofida bo‘ladi.

Bundan tashqari, barmoq izi skaneri displeyning o‘ziga integratsiya qilingan Samsung Galaxy A50 modeli haqida ham yangi ma’lumotlar chiqdi. Ularga ko‘ra, ushbu smartfon keyingi oyning o‘rtalaridanoq ayrim Yevropa mamlakatlarida savdoga chiqariladi. Uning boshlang‘ich – 4/64 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega varianti 350 yevro narxida sotiladi. 6/128 gigabaytlik versiyasining narxi borasida hozircha ma’lumot yo‘q.

Dunyo bozoriga chiqarilgan ayrim Samsung smartfonlarini esa hozirdanoq Terashop.uz internet-do‘konimizdan, 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya davrida bu xarid siz uchun manfaatli va qiziqarli bo‘ladi.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!